Rossiya va Xitoy oʻzaro tijoratda milliy valyutadan foydalanmoqchi

883
0

Rossiya va Xitoy oʻzaro tijoratda milliy valyutadan foydalanmoqchi

Moskva va Pekin dollar hukmronligini kamaytirish uchun ikki mamlakat oʻrtasidagi tijoratda milliy valyutadan foydalanish ustida harakat olib bormoqda. Bu haqida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vladivostok shahrida xitoylik hamkasbi Tsi Tszin Pin bilan oʻtkazgan muzokaralar ortidan tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Eksport va import operatsiyalari uchun taqdim qilinadigan bank xizmatlari barqarorligini taʼminlash maqsadida Rossiya va Xitoy oʻzaro tijoratda milliy valyutalardan foydalanish muhimligini maʼqullamoqda”, dedi Putin.

Shuningdek, prezident Putin ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash darajasini yuqori baholadi va Moskva-Pekin oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yil oxiriga borib, 100 milliard dollarga yetishiga umid bildirdi.

“ITC Trade” saytining maʼlumotiga koʻra, oʻtgan yili Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi tijorat hajmi 87,4 milliard dollarga yetgan. Undan 39 milliard dollari Rossiyaning Xitoyga eksporti boʻlsa. 48,4 milliard dollari Rossiyaning Xitoydan importini oʻz ichiga oladi.

Rossiyaning bevosita investitsiyalar jamgʻarmasining rahbari Kirill Dimitriyev mazkur jamgʻarma Xitoy bilan tijorat ishlarini 2019 yildan boshlab milliy pul birliklari bilan amalga oshirishini eʼlon qildi. Unga koʻra, jamgʻarma Xitoy taraqqiyot banki bilan bu masalada kelishib olgan. Sharqiy iqtisodiy forumida soʻzga chiqqan Dimitriyev loyiha allaqachon yuqori baholanganligini va dastlabki investitsiya 2019 yilda amalga oshirilishini aytib oʻtdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2016 yilda bergan bayonotida Rossiya va Xitoy tashqi bozorlarga qaramlikni kamaytirish uchun oʻzaro tijorat ishlarini mahalliy valyuta bilan amalga oshirishini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.