Bishkekda xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi

921
0

Bishkekda xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi

13 sentyabr kuni Bishkek shahrida “Maʼnaviy ipak yoʻli: Buyuk insoniy qadriyatlar va zamonaviy tahdidlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya oʻz ishini boshladi.

 Xalqaro anjumanga dunyoning 60 mamlakat vakillari, jumladan, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Xitoy, Rossiya, Latviya, Estoniya va Litva muftiylari tashrif buyurishi kutilmoqda.

 Anjumanda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov oʻz maʼruzalari bilan qatnashishdi.

 Qirgʻiziston muftiysining maʼlum qilishicha, ushbu xalqaro anjumanda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, firqalanish va turli Islomga yod gʻoyalarning oldini olish, maʼrifiy Islom gʻoyalarini aholiga toʻgʻri tushuntirish kabi mavzularda diniy ulamolar, soha mutaxassislari tomonidan chiqishlar qilinadi.

 Maʼlumot uchun, ushbu konferentsiya uchinchi bor tashkil etilayotgan boʻlib, dastlab Xitoyda, ikkinchi anjuman esa Rossiyada tashkil etilgan edi.

 Turkiston:

Kufr sistemasi Islomni “radikal va moʻʼtadil” deb musulmonlarni ikkiga boʻlish loyihasini ishlab chiqdi. Lekin ularning bu loyihalarini hayotga tatbiq qilish va dunyo musulmonlarini bu safsataga ishontirish ularning qoʻllaridan kelmaydi. Buni ularga ushbu konferentsiyada yigʻilgan olimlar singari diniy arboblarimiz ijro qilib berishlari kerak. Ular musulmonlarning yarmini shu safsataga ishontira olsalar, kufr oʻsha musulmonlar vositasida qolgan ikkinchi yarmidagi musulmonlarga qarshi front tayyorlay boshlaydi.

 “Terrorizm”, “ekstremizm” bular avvaldan oʻylab topilgan terminlar edi. Bu terminlarni, yuqoridagi kabi konferentsiyalar vositasida, odamlar fikrlarida vahimali obraz qilib olishga harakat qilishadi. Soʻng oʻzlari har xil qoʻporuv amaliyotlari uyushtirishlar bilan odamlarda vahima va oʻzlariga qaram boʻlishga undovchi holat paydo qilib olishadi. (Qoʻporuv amaliyotlari biror bir islomiy nom ostidagi tashkilot vositasida amalga oshiriladimi yoki bevosita oʻzlari uyushtirishadimi farqi yoʻq. Muhimi, ularning ixtiyorlari va homiyliklari asosida amalga oshiriladi.) Butun bir mamlakat vahimaga tushib, kufr olamidan yordam soʻray boshlaydi va ular uchun harbiy bazalari bilan osongina kirib kelishlariga imkon yaratadi.

 Shularning hammasi yuqoridagi oxiratini shu dunyo manfaatlariga almashtirib yuborishga tayyor turgan diniy arboblar vositasida olib boriladi. Hatto bu buzuq va qoʻrqoq diniy arboblar jamoalari boʻlmaganda edi, hokimiyat vakillari oʻz faoliyatlarida musulmonlarga qarshi zulm olib borishda oʻta qiyin ahvolga tushib qolishgan boʻlishar edi. Kufr olami esa bizlarni mustamlaka qilib, yurtlarimizdan soʻrib chiqib ketishayotgan manfaatlaridan harbiy texnikalar yasab, begunoh musulmonlarni qira olishmagan boʻlishar edi.

 Ular vahima qilishayotgan terroristlar xavflimi yoki bu xoin dindorlarmi. Chunki dunyoda sodir etilayotgan barcha jinoyatlar siyosatchilarning va olimu-ulamolarning – hech boʻlmaganda sukut qilib turish orqali – oʻz roziligini izhor etishlari bilan sodir etiladi. Zulmlarga tili bilan, qoʻli bilan bevosita yordam berish esa – Alloh saqlasin – ikkala dunyoda ham juda yomon oqibatlarga olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.