Turkiya taʼlim jamgʻarmasi Qirgʻizistonda ish boshlaydi

795
0

Turkiya taʼlim jamgʻarmasi Qirgʻizistonda ish boshlaydi

 Turkiya taʼlim jamgʻarmasi (TMV)  yaqin orada Qirgʻizistonda oʻz ishini boshlaydi. Bu haqda Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Chingiz Komil Firat maʼlum qildi.

 Firat Turkiya prezidenti Rajab Erdogonning Qirgʻizistonga 3 kunlik tashrifi boʻyicha matbuot anjuman oʻtkazgan. Uning anjumanda aytishicha, Anqara va Bishkekning munosabatlari ikki turkiyzabon davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga imkon beruvchi yangi bosqichga oʻtmoqda.

 Firat taʼlim jamgʻarmasi Qirgʻizistondagi faoliyatining 1-bosqichida Bishkekda oʻz maktabini ochishini maʼlum qilgan.

 “Biz Turkiya taʼlim jamgʻarmasi maktablari kelgusida Qirgʻizistonning barcha hududlarida faoliyat yuritishini istaymiz. Rejalarda yangi taʼlim muassasalarini ochish hamda Sebat maktablari tarmogʻi asosida taʼlim jarayonini kengaytirishni tashkillashtirish bor”, deb aytgan Firat.

 Turkiya elchisi turk maktablari Qirgʻiziston taʼlim vazirligi dasturlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishini qoʻshimcha qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.