Germaniya Suriyaga beriladigan aviazarbalarga qoʻshilishi mumkin

Germaniya Suriyaga beriladigan aviazarbalarga qoʻshilishi mumkin

 Germaniya mudofaa vazirligi AQSh, Britaniya va Frantsiyaning Suriyaga beradigan zarbalariga qoʻshilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida “Kommersantʼ” xabar qilmoqda.

 Germaniyaning Bild gazetasi maʼlumotlariga koʻra, aviazarbalar berishda ishtirok etish iltimosi bilan Germaniyaga AQSh murojaat qilgan.

 Germaniya harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyaga zarbalar berish imkoniyati ikki mamlakat delegatsiyalarining oʻtgan haftadagi uchrashuvida muhokama qilingan. Ular muhokama qilgan variantlar orasida Suriya armiyasi joylashgan nuqtalarga bevosita aviazarbalar berish hamda hujum oqibatlarini baholash uchun razvedka parvozlarini amalga oshirish ham bor.

 Operatsiyalarda Germaniyaning Tornado jangovar samolyotlari qatnashishi, ularning nishonlari Suriya qoʻshinlarining harbiy infratuzilmasi, shu jumladan, aviabazalar, qoʻmondonlik punktlari, oʻq-dori omborlari boʻlishi mumkin.

 Avvalroq Amerika razvedkasi Suriya prezidenti Bashar Asad Idlibda qoʻshinlarga jangarilarga qarshi xlor qoʻllashga ruxsat bergani haqida darak beruvchi maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan edi. Shu munosabat bilan Pentagon ehtimoliy javobni tayyorlamoqda, ammo Donalьd Tramp u aynan qanaqa boʻlishiga qaror qilganicha yoʻq. Shunga qaramay, agar Vashington zarba berishga qaror qilsa, u avvalgilaridan eng kuchlisi boʻlishi kutilmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.