Dunyodagi tijoriy urush Qozogʻiston iqtisodiga salbiy taʼsir qilishi mumkin

123
0

Dunyodagi tijoriy urush Qozogʻiston iqtisodiga salbiy taʼsir qilishi mumkin

Dunyodagi yirik davlatlar oʻrtasidagi tijoriy urush Qozogʻistonning rivojlanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bu haqida Qozogʻiston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymanov matbuot anjumanida qilgan maʼruzasida aytib oʻtdi.

Suleymanovning taʼkidlashicha, yirik davlatlar oʻrtasidagi tijoriy urush Qozogʻistonning rivojlanishiga salbiy taʼsir qilishiga qaramay, Qozogʻiston hukumati 2025 yilgacha iqtisodi rivojlangan davlatlar bilan solishtirish mumkin boʻlgan darajaga erishishni koʻzlamoqda. Unga koʻra, Qozogʻiston dunyoda rivojlangan 30 mamlakat oʻrtasiga kirish uchun 2025 yilgacha strategik rivojlanish rejasini qabul qilgan.

“Bizning asosiy maqsadimiz 2025 yilgacha hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga aʼzo mamlakatlar bilan solishtirish mumkin boʻlgan yuqori turmush darajasiga, sifatli va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishishdir” dedi Suleymanov.

Sayyohlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, savdo, tranzit va kosmik xizmatlari kabi eksportbop xizmatlarning rivojlantirishga eʼtibor qaratilishiga urgʻu bergan Suleymanov, bu yilning birinchi yarimida 33 nafar qozogʻistonlik eksportchilarga 26,5 milliard tenge yordam berilganligini, bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ortiqligni taʼkidladi.

Shuningdek Suleymanov bu yil may oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar Xitoy va Eron bilan tuzilgan savdo va iqtisodiy hamkorlik shartnomalarni ham eslatib oʻtdi.

“Xitoy bilan tuzilgan shartnomalar tovarlar, jumladan tayyor mahsulotlar savdosini ortishini taʼminlaydi. Eron bilan tuzilgan shartnoma esa, Eron bozoriga kirish sharoitlarini yaxshilaydi”, dedi Qozogʻiston milliy iqtisodiyot vaziri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.