Jeyms Jeffri Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

427
0

Jeyms Jeffri Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan AQShning adliya va ichki ishlar vazirlarining Turkiyadagi mulklarini muzlatib qoʻyish bilan tahdid qilib, dollarga hujum qilayotgan bir paytda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻlu AQShning Suriya masalasi boʻyicha maxsus vakili Jeymis Jeffri bilan uchrashdi. Uchrashuvda Suriyadagi oʻzgarishlar haqida fikr almashildi.

Jeffri AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Suriya bilan aloqada boʻlgan maxsus vakilidir. Bundan tashqari, Chavushogʻlu kun davomida AQShlik hamkasbi Mayk Pompeo bilan ham telefon orqali suhbat oʻtkazdi.

Shuningdek maxsus vakil oʻzining birinchi rasmiy xorijiy safari doirasida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan ham uchrashdi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida oʻtdi. Suhbat chogʻida Suriyadagi soʻnggi voqealar yuzasidan fikr almashilganligi bildirildi.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis ham AQShning Bosh shtabi boshligʻi general Jozef Dunford bilan birgalikda oʻtkazgan matbuot anjumani chogʻida Turkiya bilan bir qancha masalalarda hamkorlikda ish yuritayotganini bildirdi. Mattis Turkiya haqida berilgan savolga javoban, Anqara bilan juda koʻp masalalar boʻyicha yaqindan hamkorlik qilayotganini taʼkidladi.

“Biz Turkiya bilan koʻp masalalarda birga ish olib boryapmiz. Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan kechagi kuni telefonda suhbatlashdim. Juda samimiy muzokaralar oʻtkazdik. Biz keyingi mavzular ustida ham ish olib boryapmiz. Harbiy mashgʻulotlardan oʻtkazuvchi guruh Anqaraga yetib bordi. (Turk tomoni bilan) birga qilinadigan patrulь xizmatiga imkoniyat tugʻdiradigan jarayonga yaqinlashib qoldik. Ishonamanki, tez orada bu patrulь xizmatini birgalikda amalga oshiramiz. Bu turdagi masalalarda Turkiya bilan birga faoliyatimizni davom ettiramiz”, dedi Mattis.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.