Nazarboyev: Qozogʻiston Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda xavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda

876
0

Nazarboyev: Qozogʻiston Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda xavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda

 Qozogʻiston BMT Xavfsizlik kengashi aʼzosi sifatida Afgʻonistonda tinchlikka tezroq erishish va mamlakatdagi holatini yaxshilash tarafdoridir. Bu haqda Nursulton Nazarboyev  “Afgʻonistonda xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish” mintaqaviy konferentsiyasi ishtirokchilariga murojaatida maʼlum qildi, uni davlat kotibi Gulshara Abdikalikova oʻqib eshittirdi.

 “Qozogʻiston BMT Xavfsizlik kengashining aʼzosi sifatida, butun xalqaro hamjamiyatning faol qoʻllab-quvvatlovi bilan, Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda xavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu jarayonda Afgʻonistonda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini oshirish muhim ahamiyatga ega. Afgʻon hukumatini mamlakatda ayollar holatini yaxshilash hamda gender tengligini taʼminlash boʻyicha qadamlarini yuqori baholab, biz afgʻon yerida tinchlik tezroq oʻrnatilishi tarafdorimiz. Jumladan, bu “afgʻonlar uchun va afgʻonlarning oʻz kuchlari bilan” kontseptsiyasi orqali qilinishi kerak”, – deya taʼkidlab oʻtgan Nazarboyev oʻz murojaatida.

 Uning fikricha, bu boradagi ishlarning muhim jihati fuqarolik jamiyati, bu sohada xalqaro saʼy-harakatlarning eng oldida turgan xalqaro, mintaqaviy va milliy nodavlat tashkilotlar salohiyatidan faol foydalanish hisoblanadi.

 “Shu munosabat bilan, masalan, bugungi konferentsiya kabi xalqaro maydonchalar salohiyati, amaldagi va samarali ishlarning eng muhim masalalarini muhokama qilish boʻyicha xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtiradi. Ishonchim komilki, bugungi konferentsiya Afgʻonistonni yanada rivojlantirish va reabilitatsiya qilish, afgʻon xotin-qizlari holatini yaxshilash, ularni mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ishtirokini kengaytirishga qoʻshimcha turtki beradi”, – deya qayd etib oʻtdi Nazarboyev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.