Давлат агентлиги Хитой делегациясини қабул қилди

824
0

Davlat agentligi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

 5-sentyabr kuni hukumat qoshidagi Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish va millatlararo munosabatlar boʻyicha davlat agentligi direktori Baxtiyor Soliyev Xitoy xalq respublikasi (XXR)ning Xalq siyosiy maslahat Kengashining etnik va diniy ishlar qoʻmitasi raisi Van Veyguan bilan uchrashdi.

 Uchrashuv chogʻida tomonlar millatlararo munosabatlar sohasidagi hamkorlik salohiyati yoʻllarini belgilashdi.

 Soliyev oʻz soʻzida, bugungi kunda Qirgʻizistonda millatlararo munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun qabul qilingan milliy hujjatlarda millatlararo nizolarning oldini olish boʻyicha yaqin va oʻrta hamda uzoq muddatli chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtdi.

 Uning soʻzlariga koʻra, Qirgʻizistonda xalqning 27 foizini tashkil etivchi 80dan oshiq turli etnik jamoalar vakillari yashaydi. Davlat etnik siyosatining asosiy yoʻnalishi yaqinda ishlab chiqilgan Fuqarolik integartsiyaning yangi kontsepsiyasida oʻz ifodasini topgan.

Van Veyguan oʻz soʻzida, ish safardan koʻzlangan asosiy maqsad – Qirgʻizistonning millatlararo munosabatlar va din ishlari boʻyicha olib borgan ishlari bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish va oʻrganish ekanligini belgilab oʻtdi

Turkiston:

Xitoy davlati Qirgʻizistonning ichki ishlariga aralasha boshladi. Ular etnos (kelgindi) millat vakillari, din va dindorlar muhitiga nisbatan Qirgʻiz hukumatining olib borayotgan ish harakatlarini yaqindan oʻrganish uchun kelishgan emish. Yoʻq, ular Xitoy millati uchun Qirgʻiz hukumati yana qanday imtiyozlar koʻrsata olish imkoniyatlarini tekshirish hamda ularni Qirgʻiz fuqoroligiga qabul qilish mexanizmini tezroq ishga oshirish uchun bosim oʻtkazish maqsadida kelishdi! Shuningdek, Xan su millati Xitoy hukumati bilan birga Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan zulmlariga qarshi paydo boʻlib borayotgan islomiy muhitdan xavotirlanib, Qirgʻiz hukumati bilan shartnoma tuzish maqsadida keldi! Yaʼni Qirgʻiz hukumatining Islom diniga qarshi olib borayotgan tarmogʻi xarajatlari uchun moliyaviy yordam koʻrsatishmoqchi. Lekin avval Qirgʻizistonda Islom va musulmonlar repressiyasi va tahqirlash koʻlami, imkoniyati qanchalik ekanini aniqlashtirib olishmoqchi.

Demak, Xitoy delegatsiyasi ikki maqsadni roʻyobga chiqarish uchun keldi. Birinchisi: Hukumatdan etnik Xitoylar xavfsizligini taʼminlab, ularga yanada qulay va manfaatli shart sharoitlar yaratib berishlarini talab qilish uchun. Ikkinchisi: Qirgʻiz hokimiyatini Islom diniga qarshi kurashdagi imkoniyatlarini tekshirish hamda uni kerakli moliyaviy va boshqa tomonlama qoʻllab turish tarmogʻini oʻz qoʻliga olish uchun. Qolgan gaplarining hammasi safsata!

Xitoyning bu galgi hatti harakati mustamlakachi davlatning muomalasi boʻlib, u goʻyoki bizni ichki muhitimizdagi aloqalar va har bir tarmoqdan oʻzini javobgardek koʻrsatyapti. Qirgʻiz hukumati esa oʻzini Xitoyga tobe boʻlgan zaif va taʼmagir ekanini izhor qilib, ularga kulluq qilishyapti. Ular oldida oʻzini oʻta past tutib, soʻragan har bir talabini prezident va hukumat miqyosida bajarishyapti, ularga sharoitlar yaratib berishyapti. Ogoh boʻlaylik Xitoy Qirgʻiziston tomon kengayish maqsadida ochiq va ildam qadamlar tashlay boshladi. Qirgʻiz hokimiyati esa, bila turib unga barcha eshiklarini ochib beryapti. Musulmon boʻla turib bu dahriylar madadi bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashda ular bilan hamkorlik qilishar emish. Bu dahriylikning oʻzi emasmi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.