Xitoy Afgʻonistonda harbiy baza qurishni boshladi

853
0

Xitoy Afgʻonistonda harbiy baza qurishni boshladi

 Xitoy Qobul bilan terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha hamkorlikni oshirish maqsadida Afgʻoniston shimolidagi Badaxshon viloyatida ilk harbiy-mashgʻulot bazasini qurishni boshladi. Bu haqda oʻz manbalariga iqtibos keltirgan holda South China Morning Post nashri maʼlum qildi.

 Taʼkidlanishicha, Xitoy baza qurilayotgan yerga qurol va afgʻon kuchlarini tayyorlash uchun qurilmalarga ega boʻlgan kamida bir batalьonni joʻnatadi.

 Baza oʻzidan shimoldan Tojikiston bilan, janubdan Pokiston bilan va sharqdan Xitoyning Uygʻur muxtor viloyati bilan chegaradosh boʻlgan, togʻlardagi tor yoʻlakni aks ettiruvchi Vaxon yoʻlagida joylashadi.

 Nashrda taʼkidlanishicha, bu Xitoyning qoʻshni Afgʻonistondagi ilk harbiy ishtiroki boʻladi. 2017 yilda Xitoy oʻzining ilk xorijiy harbiy-logistik bazasini Afrikaning Jibuti davlatida joylashtirgandi. Biroq u yerdagi kontingentning asosiy qismini dengiz prichali va infratuzilmani qurish bilan shugʻullanayotgan muhandislar va quruvchilar tashkil qiladi. Afgʻonistondagi baza esa uning oxirgi yillar teraktlar sodir etilgan notinch Sinьtszyan bilan yaqin masofadaligi sababli umuman oʻzga strategik rolni bajarishga qaratilgan.

 Kuzatuvchilarning fikricha, harbiy baza Pekin tomonidan Xitoy hududiga “IShID” saflarida tayyorgarlik oʻtgan va harbiy harakatlarda tajriba ortirgan uygʻurlar va boshqa ekstremistlarning bostirib kirishi oldini olish uchun qurilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasining transchegaraviy savdo-transport yoʻllari boʻylab xavfsizlikni taʼminlash zaruratidan kelib chiqmoqda.

 Biroq, Xitoy mudofaa vazirligi hanuzgacha Afgʻonistonda baza qurish rejalarini tasdiqlamay kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.