Qirgʻizistonga qirgʻiz tarixini oʻrganish uchun Xitoydan bir guruh olimlar keldi

890
0

Qirgʻizistonga qirgʻiz tarixini oʻrganish uchun Xitoydan bir guruh olimlar keldi

 29 avgust kuni Xitoydan kelgan tarixshunos olimlar bilan prezident Sooronbay Jeenbekovning shaxsan oʻzi uchrashdi. Qirgʻiziston prezidenti Xitoy olimlari uchun barcha sharoitlar yaratib berish haqida milliy-madaniy “Muras” fondiga topshiriq berdi. Ilgari bu tarixiy arxiv hujjatlari bilan Rossiya mutaxassislari ish olib borishar edi. Nega endi Xitoy qirgʻizlar tarixi bilan qiziqa boshladi?!

 Tarix – har bir dunyoqarashga aloqador saqofat asoslaridan biri boʻlib, oʻsha dunyoqarash asosidagi tuzum ijro etilishi bilan unga moslashtirib boriladi. Masalan, yaqin tarixni oladigan boʻlsak, Ukraina Rossiyaning taʼsiri ostidan chiqarib yuborilishidan bir necha yil avval, Rossiya 2-jahon urushida xaloskor emas, aksincha bosqinchi sifatida tasvirlanib, tarixdagi avvalgi tasavvurlar rasman oʻzgartirildi. Nemis fashizmidan ozod qilingan kunlar bayram deb eʼtibor qilinmaydigan boʻldi. Keyin esa Gʻarb Ukrainani Rossiyadan tortib oldi.

 Uzoq tarixdan misol keltiradigan boʻlsak, islomiy Xalifalik davlati agʻdarilganidan keyin kufr olami uni “Usmoniylar imperiyasi” deb tarixga kiritdi. Vaholanki, imperiya bilan Xalifalik boshqaruvi tamoyillarida osmon bilan yercha farq bor. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh Yaponiyani bosib olishida 1944-yil 26-iyuldagi “Potsdam deklaratsiyasi” asos boʻlgan. Bu deklaratsiyaga Yapon davlati tarixdan tajovuzkor ekani va u doim boshqa davlatlarga tajovuz qilib kelgani haqidagi tarixiy maʼlumotlarni asos qilishdi. Yaʼni, Amerika Yaponiyaga bostirib kirishidan avval Yapon mamlakati tarixini oʻz maqsadiga muvofiq oʻzgartirib oldi. Hatto Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston oʻrtalaridagi chegara hududini aniqlashda (demorkatsiya) ham, har bir tomon oʻzicha bir tarixiy hujjatlarga asoslanib, shuncha yillardan beri oʻzaro kelisha olganlari yoʻq.

 Demak, biror dunyoqarash asosidagi boshqaruv sistemasini oʻzgartirishda yoki bir davlat boshqa davlatni bosib olishida yoxud biror din boshqa din ustidan hukumron boʻlishida tarixning oʻrni juda katta! Tarix haqidagi tasavvur jamiyatni oʻsha tarixiy qadriyatga boʻlgan ishonchini orttiradi yoki soʻndiradi. SSSR tarixini oʻqib, unga xizmat qilib kelgan shaxslar, birdan unga mutloq teskari boʻlgan kapitalistik tarixni oʻrganishdi va hozirda Qirgʻizistonda hokimiyatni boshqarib kelishmoqda, ammo SSSRga mutlaq teskari siyosat olib borishyapti. Bundan koʻrinadiki, tarix har bir mabda saqofatining asoslaridan biri boʻlib, u oʻsha dunyoqarashning aqidasiga, qonunchiligiga mos shakllantiriladi.

 Qirgʻiz hokimiyati Xitoydan qarz olib unga shu qadar bogʻlanib qolyaptiki, hatto qandaydir tarix olimlari kelib prezident bilan navbatsiz uchrashib, oʻzlarining qabih ishlarini uning maxsus yordami bilan amalga oshirishga kirishmoqda. Vaholangki, Xitoy tarixchilari bizdagi bor maʼlumotlarni olib, tarixni oʻzlariga manfaatli tomonga burishga harakat qilishadi. Bu Xitoyning uzoq yillik mustamlaka rejasi boʻlib, Rossiyaning xalqaro siyosatdan qulab borishi ortidan asta-sekin harakatga keluvchi bomba singari qurolidir. Qirgʻiziston oʻzini oʻzi himoya qila olmaydi. Bugun Gʻarbning taʼsiri va Rossiyaning mustamlakachiligi bizni Xitoydan toʻsib turipti.

 Ey, Qirgʻizistondagi siyosiy elita vakillari!

 Tarix oldida ulkan hatolarga yoʻl qoʻygan hiyonatkor siyosatchilardan boʻlib qolmang. Sizlar olgan qarzlar uchun yaqinda Xitoy yerlarimiz, yer usti va osti boyliklarimizni tortib oladi! Lekin sizlarning hamkorligingiz bilan ular bizni avval maʼnaviy, soʻng amalda moddiy bosib olishlari mumkin boʻlib turibdi. Biz shuncha harakat qilib, hali ham sovet ittifoqidan qolgan Rossiya saqofiy mustamlakasidan qutulganimiz yoʻq. Endi ruslar xalqaro siyosatda zaiflashib borayotganlari sabab boʻshab borayotgan iqtisodiy, siyosiy va saqofiy boʻshliqlarni Xitoyga ochib beryapsizlar. Gʻarbni qoʻyib endi hatto dinga qarshi kurash olib borishda ham Xitoydan qarz olishni koʻzlayapsizlar! Nahotki sizlarda biror yuksak qadriyatlarga zarracha hurmat boʻlmasa?! Qirgʻiziston Xitoyning dahriy saqofiy mustamlakasiga aylansa, sizlar diningizdan kechasizlarmi?! Uygʻur musulmonlarini aroq ichishga majburlab, ramazonda choʻchqa goʻshti yedirayotganini, ayollar nomusiga tajovuz qilib, Qurʼon oʻqishdan man qilayotganini eshitmayapsizmi?! Bir necha million begunoh musulmonlarni maxsus kiynoq lagerlariga noqonuniy qamab, koʻpchiligini yoʻq qilib yuborayotganidan xabarlaring yoʻqmi?!

 Ey, Qirgʻiziston xalqi!

 Xitoy Sharqiy Turkistonni qanday ahvolga solib borayotganini koʻrib, bilib turib, ularni ustimizga hukumron boʻlib olishlariga yoʻl beramizmi?! Ulardan “mamlakat uchun” deb qarz olib, oʻzlashtirib olganlari uchun qamoqlarda oʻtirganlariga guvoh boʻlib turib ham, bu nosogʻlom yetakchi guruhga ishonib turaveramizmi?! Shu ketishda yaqinda Xitoy ustimizdan hukumron boʻlib oladiku! Chunki ular bizdagi tarixiy hujjatlarni oʻzlaridagilari bilan muvofiqlashtirib, yangi tarixiy hujjat yaratishmoqchi. Keyin ichki taʼlim programmalarimizga oʻz maʼrifati, tarixiy dalillarini kiritishga harakat qilishadi. Bu esa ushbu yetakchi guruh hamkorligi bilan ularga qiyin boʻlmaydi.

 Shundan kelib chiqib, biz prezidentga, elita va yetakchi guruh vakillariga oʻz mulohazalarimiz bilan munosabat bildirishga bel bogʻlashimiz kerak. Ulardan bizning ustimizda faqat bizlarning uzoq manfaatlarimiz asosida ish olib borishlarini talab qilaylik. Islom va musulmonlarga hamda Ummat va fuqarolar manfaatlariga zid boʻlgan har qanday hamkorliklardan voz kechishga chaqiraylik! Qirgʻiz davlati Xitoydan qoʻrqadi, lekin ummati undan qoʻrqmaydi. Shuning uchun hokimiyat oʻz fuqarolaridagi quvvatga tayansagina Xitoyga, uning repressiyalarini oldini olishga erisha olishini eslatib boraylik. Xitoy hatto oʻz qoʻl ostidagi Sharqiy Turkistonni repressiyasini boshlashdan bir necha oʻn yil avval uning fuqarolarini saqofiy mustamlaka qilish bilan ovora boʻldi. Chunki fuqarolar raʼyi oʻta kuchli quroldir. Agar u hokimiyat raʼyi bilan birlashsa, buyuk va qudratli qurol va qolqonga aylanadi.

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.