Moskva va Dushanbe Tolibonga hujum uyushtirganlik daʼvosini rad etdi

Moskva va Dushanbe Tolibonga hujum uyushtirganlik daʼvosini rad etdi

Rossiya va Tojikiston Afgʻonistonning shimoliy-sharqida joylashgan Taxor viloyatida Tolibon xarakatiga havo hujumi uyushtirganlik daʼvosini rad etdi. Bundan bir-ikki kun avval afgʻon hukumatining ikki masʼuli “Reyters” axborot agentligiga bergan intervьyusida, ruslarga yoki tojiklarga qarashli harbiy samolyotlar chegara hududidagi qurolli harakatga havodan hujum uyushtirganligini maʼlum qilgan edi.

Ikki afgʻon masʼuliga koʻra, mazkur hujumda Tolibon harakatiga qarashli olti qurolli shaxs halok boʻlgan. Yana ikki nafari toʻqnashuv chogʻida oʻldirilgan.

Biroq Rossiya mudofaa vazirligi tarafidan berilgan bayonotda Afgʻon hukumatining bu daʼvolari rad etildi. Bayonotga koʻra, Rossiya samolyotlari mintaqada biron bir jangovar amaliyotlarni amalga oshirgan emas va bu borada ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlar asossizdir.

Tojikiston Mudofaa vazirligi Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga qarashli manba ham tojik kuchlari tomonidan amalga oshirilganligi haqidagi xabarlar haqiqatga zidligini taʼkidladi. Manbaga koʻra, Tojikiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi Vazirlik bilan batafsil maslahatlashib, bu borada qaror qabul qilmas ekan, Tojik kuchlari oʻz hududidan tashqarida harbiy ujumlarni amalga oshirish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, Tojikiston chegara qoʻshinlarining rasmiy vakili “Interfaks” axborot agentligiga 10-12 kishidan tashkil topgan qurolli guruh Afgʻonistondan Tojikiston hududiga yashirincha kirganligini taʼkidladi. Rasmiyga koʻra, ular bir avtomobilga hujum qilishi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan. Hozirda chegara nazoratchilari hujumchilarni topish uchun amaliyot oʻtkazmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.