Afgʻoniston boʻyicha Moskva uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldirildi

Afgʻoniston boʻyicha Moskva uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldirildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada 4-sentyabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan Afgʻoniston boʻyicha muzokara oʻtkazishni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi. Yangi sana diplomatik kanallar orqali kelishiladi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Dushanba kuni TIV rahbari Sergey Lavrov Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Muloqot chogʻida Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumaladan Afgʻoniston boʻyicha  ikki davlat raisligi ostida Moskva formatidagi uchrashuvni oʻtkazish muhokama qilindi. Afgʻoniston prezidenti Moskva uchrashuvini oʻtkazish fikrini qoʻllab-quvvatlab, ushbu masala boʻyicha afgʻon tomonining yagona pozitsiyasini ishlab chiqish, shu jumladan Afgʻoniston kuch xizmatlari rahbariyatida boʻlayotgan oʻzgarishlar sababli ushbu uchrashuvni boshqa sanasiga oʻtkazishni taklif qildi”, – deyiladi xabarda.

Tomonlar “uchrashuvning yangi sanalari boʻyicha ishlar diplomatik kanallar orqali hamkorlikda olib borilishiga kelishildi”,- deya qoʻshimcha qildi TIV.

Oʻtgan haftada rasmiy Qobul Afgʻoniston boʻyicha Moskvada 4 sentyabrda oʻtkazishi rejalashtirilgan uchrashuvda ishtirok etmasligini maʼlum qilgandi. Chunki ushbu konferentsiyaga “Tolibon” delegatsiyasi kelishi mumkin. Shu bilan birga, Moskva va Qobul Afgʻoniston masalasi boʻyicha qator keskin bayonotlar bilan ham almashishdi.

Shuningdek, oʻtgan haftada Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Muxammad Xanif Atmar isteʼfoga chiqdi. OAVlar maʼlumotlariga qaraganda, Atmar prezident Ashraf Gʻanining boshqaruv strotegiyasi bilan rozi boʻlmagan. Atmar bu lavozimda boʻlganda bir necha marta Moskvada boʻlgan va u yerda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazgan. Uning oʻrnini AQShdagi Afgʻoniston elchisi egallashi kutilmoqda.

Turkiston:

Rossiya Suriya inqirozini iziga tushirish maqsadida Jeneva konferentsiyalariga muqobil, AQShning raʼyiga zid ravishda, Sochi konferentsiyasini uyushtirgan edi. Ammo muvaffaqiyat qozona olmadi. Afgʻoniston kuchlarini muvofiqlashtirish maqsadida yuqoridagi saʼyi harakatlari ham, muvoffaqqiyatsizlikka yuz tutishi kutilmoqda.

Afgʻoniston hukumati har tomonlama (iqtisodiy, siyosiy, harbiy) AQShga mutlaq qaram va mustamlaka holatidadir. Rossiya Markaziy Osiyoga oʻzining taʼsiri ostidagi hudud, deb qaragani bilan, Afgʻonistonga uning taʼsir quvvati oʻta zaif. Hozirgi xalqaro siyosiy vaziyatda tarix takror qaytalanib, Avgʻoniston yana olamiy markaziy eʼtiborga molik mintaqaga aylanib boryapti.

Rossiya endi Afgʻonistonda notinchliklar keltirib chiqarish maqsadi sari fitnakashlik strotegiyasini kuchaytiradi. Bu maqsadini u koʻproq Tojikiston chegaralaridagi oʻzining harbiy bazasi atrofida uyushtirishga urinib koʻradi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.