Frantsiya va Germaniya AQSh sanktsiyalarini chetlab oʻtish boʻyicha ish boshladi

711
0

Frantsiya va Germaniya AQSh sanktsiyalarini chetlab oʻtish boʻyicha ish boshladi

 Frantsiya va Germaniya vakillari AQShning Eron kabi davlatlarga sanktsiyalarini chetlab oʻtishga imkon beruvchi moliyaviy yechimlar va toʻlov kanallari ustida ish boshlashganini maʼlum qilishdi.

 Bloomberg axborot agentligining maʼlum qilishicha, muhokamalarda Buyuk Britaniya ham ishtirok etmoqda. Davlatlar AQSh sanktsiyalarini chetlab oʻtishga imkon beruvchi muqobil tizimlarni yaratish uchun oʻz markaziy banklarini jalb qilish imkoniyatini koʻrib chiqishmoqda.

 Frantsiya moliya vaziri Bruno Le Merning aytishicha, Parij va Berlin ikki tomonlama yoki umumevropa mustaqil moliyalashtirish kanallarini yaratishni muhokama qilmoqda.

 “Men Yevropani vassal emas, suveren qitʼa sifatida koʻrishni istardim va buning uchun bugungi kunda mavjud boʻlmagan, moliyalashtirishning toʻliq mustaqil vositalari lozim”,- deb aytgan Le Mer.

 Uning aytishicha, mavjud kanallar, jumladan Yevropa investitsiya bankidan foydalanish juda murakkab boʻladi, chunki AQSh ularning operatsiyalariga bilvosita tarzda taʼsir qilishi mumkin.

 Shu bilan birga Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning aytishicha, Yevropa Ittifoqi toʻlovlarni koʻproq mustaqil qilish uchun SWIFT kabi toʻlov kanallari va tizimlarini modernizatsiyalash boʻyicha takliflar ustida ishlamoqda.

 “Vashington tomonidan oʻtkazilayotgan sanktsiyalar siyosati bizni javob berishga majbur qilmoqda. AQSh Rossiya, Xitoy, Turkiyaga va kelgusida ehtimol bizning muhim savdo hamkorlarimizga qarshi toʻsatdan va kelishmagan holda, koʻp marotaba sanktsiyalar qoʻllaganda bu Yevropa va xususan Germaniyaga taʼsir qiladi”,- deb aytgan Maas.

 AQSh va Yevropa oʻrtasidagi munosabatlar oxirgi vaqtda AQSh prezidenti Donalьd Tramp oʻtkazayotgan savdo siyosati va Eron yadroviy dasturidan voz kechish qarori sababli keskinroq tus oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.