Hizb ut-Tahrir tomonidan muborak qurbon hayiti munosabati bilan yoʻllangan tabrik

1458
0

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,
Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd boʻlsin, Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd…
Biz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi aʼzolari Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning – u kishini Alloh Taolo Oʻz hifz-himoyasida asrasin – muborak qurbon hayiti munosabati bilan butun Islomiy Ummatga yoʻllagan tabrigini yetkazayotganimizdan mamnunmiz.
Shu munosabat bilan amirimiz quyidagi soʻzlarni yoʻlladilar:

(Bismillahir Rohmanir Rohim

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1439, milodiy 2018 yilning muborak qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan yoʻllagan tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,

Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Alloh mukarram qilgan va u haqda

“Sizlar odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʻldingiz: maʼrufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz” [Oli Imron 110]

deb aytgan Islomiy Ummatga,

Pok taqvoli – Allohga hech kimni gunohdan pok, deb daʼvo qilmaymiz – daʼvat yetkazuvchi, eng goʻzal soʻzlarni aytuvchi, solih amallar qiluvchi va Allohning ushbu

“(Odamlarni) Allohga daʼvat qilgan va solih amal qilib, albatta men musulmonlardandirman, degan kishidan ham chiroyliroq soʻzlaguvchi kim bor?” [Fussilat 33]

tavsifiga loyiq boʻlgan erkagu ayollardan iborat barcha Hizb ut-Tahrir aʼzolariga,

Haq va rostgoʻylik ila ushbu sahifamizni ziyorat qilayotgan, undagi yaxshilikka intilayotgan (Alloh barchalarini yaxshilik… bilan mukofotlasin) uning ziyoratchilariga,

Barcha-barchalaringizga

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Sizlarni Ushbu qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. Toat-ibodatlaringizni Alloh qabul qilsin. Alloh Subhanahu va Taolodan hojilarning hajini haji mabrur, saʼyi (tavof)ini maqtovli tavof oʻrnida qabul qilib, gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrab qolaman. Bu yil haj qila olmagan kishilarning kelgusi yilda yaxshilik bilan va yaxshilik ustida haj qilishlariga Alloh muvaffaq qilsin. Alloh Subhanahu va Taolo solih amal qiluvchilarni doʻst tutgay.

Qadrli birodarlar! Bu yilgi qurbon hayiti Xalifalik davlati yoʻq boʻlgan bir paytda kirib kelmoqda. Xalifalik yoʻqligi sababli mustamlakachi kofir va ularning malaylari bizning yurtlarimizda qirgʻin amaliyotlarini sodir etishga, qonlarimizni oqizishga jurʼat qilishmoqda… Ular poroxli bochkalarni qoʻllashdan tortib vayron qiluvchi raketalar va kimyoviy qurollarni qoʻllashgacha boʻlgan shafqatsiz jinoyatlarni sodir etishdi… Bu jinoyatlarni baʼzida bevosita oʻzlari, baʼzida esa malaylari yordamida sodir etishmoqda. Qayerga qaramang, zulmu adovat bilan musulmonlar qoni toʻkilyapti… Sharq tomonga qarasangiz Birmani koʻrasiz… U yerda nima boʻlayotganini bilasizmi?! Birmadagi musulmonlar ahvoli qalbni oʻrtaydi… Chunki u yerda butparastlar sodir etgan qilmishlarni oʻrmon yirtqichlari ham qilishdan jirkanadi… Buning ortidan Kashmirga va u yerda hindular sodir etgan jinoyatlarga guvoh boʻlasiz… Shimolga boqsangiz, ruslar qoʻllarini Checheniston, Kavkaz va Qrimdagi musulmonlar qoniga botirishayotganini koʻrasiz… U yerdan Sharqqa yursangiz, Xitoyning Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga qarshi turli jinoyatlar sodir etayotganiga guvoh boʻlasiz. Janub tomon yurib, dengiz boʻylariga boqsangiz musulmon yurtlarining yuragi, ikki qiblaning birinchisi boʻlmish muborak Falastin zaminini koʻrasiz… U yerda yahudiylar zoʻravonligiga va ular sodir etayotgan jinoyatlarga guvoh boʻlasiz va Aqso masjidining unga yetgan jarohat sababli qilgan nolasini eshitasiz… Shomda nimalar boʻlayotganini bilasizmi?! Uning chor atrofida qonlar daryo boʻlib oqizilmoqda… Shomdagi togʻut va uning ortidayu oldida turgan Amerika, uning tobe va malaylari, Rossiya, Eron va uning jangarilari, barcha-barchasi bir boʻlib, Shomning katta koʻchasidan tortib, tor koʻchalariyu, boshi berk koʻchalarigacha… hamma yerida vahshiy jinoyatlarni sodir etishmoqda… qatli om qilishda barcha qurol va vositalarini ishga solishyapti. Mana, Idlibga boqing, bombardimonlar bilan uning turli burchagida vahshiyona qirgʻin qilinmoqda, togʻutlar bilan xoinlar oʻrtasida bitimlar imzolanyapti… Bu yoqda Shomning inisi Iroq ham azob-uqubat va musibatlarga toʻlib toshdi. Keyin janubga yursangiz, avvalda baxtli-saodatli boʻlgan Yamanning bir-biriga qarshi jang qilayotgan musulmonlar dastidan gʻam-gʻussada qolganini koʻrasiz. U yerda mustamlakachi kofir davlatlarning qonlarimiz va bosh chanoqlarimizni ezgʻilagan holda bir-biri bilan nufuz talashayotganiga guvoh boʻlasiz. Gʻarb tomonga yursangiz, Liviyada musulmonlar bir-biri bilan qirpichoq boʻlishayotganini koʻrasiz… Keyin Markaziy Afrika tomonga boqsangiz, u yerdagi musulmonlarning qirgʻinlar, pokiza qonlarining toʻkilishi va or-nomuslari toptalishi… kabi taʼriflashga til ojizlik qiladigan mashaqqatlar ostida hayot kechirayotganiga guvoh boʻlasiz. Sudanga kelsak, janubi bilan shimoli boʻlib tashlangan ushbu yurtning ogʻir jarohat bilan yordamsiz tashlab qoʻyilganini koʻrasiz… Somalida esa, bir necha yillardan beri toʻxtovsiz oʻzaro mahalliy janglar boʻlayotganiga guvoh boʻlasiz…

Bu azob-uqubatlarning barchasi musulmon yurtlarida boʻlmoqda. Vaholanki, bu yurtlar oʻzining Islomi, Islom bayrogʻi, Islom azonlari va Islom adolati bilan uzoq yillab azizu mukarram boʻlib kelgandi. Biroq islomiy yurtlarimiz xalifasi agʻdarilib, musulmonlar qalqoni yoʻq qilingach, ahvoli butunlay teskari boʻldi. Eng achchiq kunlarni boshdan kechiradigan boʻldi. Mustamlakachi kofirlar bilan ularning zolim yuvindixoʻrlari bu yurtlarga yeb toʻymas ochofatlar oʻz tovogʻiga tashlangani kabi tashlanishdi. Hali bu yoqda kufr yurtlarida yashayotgan musulmonlar ahvolini aytganim yoʻq. U yerlardagi kofir millatlar musulmonlarning oʻzligidan voz kechishlarini istashmoqda. Ular muslima ayol libosini qisqartirishga, azon ovozini oʻchirishga va oʻz jamiyatlarida musulmonlarga qarshi nafrat uygʻotishga harakat qilishmoqda. Hech shubha yoʻqki, biri ikkinchisiga ulanib, keti uzilmayotgan bu azoblarga ham albatta Xalifaligimizning yoʻqligi sababdir.

Qadrli birodarlar!

Agar bu mashaqqatu musibatlar boshqa ummat boshiga tushganda edi, allaqachon zavolga yuz tutgan boʻlar edi. Ammo Islom Ummati uchun Robbisining kitobi va Rosulining sunnatida unga kuch bagʻishlovchi energiya bor. Hatto Alloh yaratgan tun va kunlarda ham Ummat uchun ibratli narsalar mavjud. Mana shu energiya tufayli unga mashaqqatlar taʼsir qilolmaydi, boʻhronlar qanotini qayriy olmaydi. Yoʻq-aksincha, quvvatiga quvvat berib, azm-qarorini ziyoda qiladi, uni kuch bilan, chiroyli tarzda amal qilishga va Robbisiga tavakkul qilishga undaydi.

Alloh Azza va Jallaning Kitobidagi energiyaga kelsak, ushbu oyatlar bunday demoqda:

﴿فإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا + إِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا﴾

“Har bir ogʻirlik-mashaqqat bilan birga albatta yengillik ham bor. Har bir ogʻirlik-mashaqqat bilan birga albatta yengillik bor” [Sharh 5]

﴿حَتَّى إِذَا اسْتَيْأَسَ الرُّسُلُ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُوا جَاءَهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّيَ مَنْ نَشَاءُ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ﴾

“Hatto paygʻambarlarimiz noumid boʻlib: “Bizlar yolgʻonchi qilindik – paygʻambar ekanligimizga ishonmadilar”, deb oʻylay boshlaganlarida, ularga Bizning madadimiz-gʻalabamiz kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchi boʻlgan qavmdan bizning azobimiz qaytarilmas!”

[Yusuf 110]

﴿أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُمْ مَثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلِكُمْ مَسَّتْهُمُ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّى يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَى نَصْرُ اللَّهِ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ﴾

“Yoki (ey moʻminlar), sizlardan ilgari oʻtgan zotlar ibrati sizlarga kelmay turib jannatga kirishni oʻyladingizmi? Ularga balo va musibatlar (ustma-ust) kelib, shunday larzaga tushgan edilarki, hatto paygʻambar va imonli kishilar: “Axir qachon Allohning yordami keladi?” deyishgan edi. (Shunda) ularga “Ogoh boʻlingizkim, Allohning nusrat-yordami yaqindir”, deyildi”

[Baqara 214]

 

Rosululloh ﷺning sunnatlaridagi energiyaga kelsak, Rosululloh uchun gʻam yili boʻldi… u yilda Xadija onamiz vafot qildilar. Keyin ul zotni himoya qilib kelgan Abu Tolib vafot etdilar. Keyin Toif ahli oʻzlariga qilingan nusrat talabini rad etib, ul zotga oyoqlaridan qon oqadigan darajada ozor yetkazishdi… Boʻhron kuchaygandan kuchayib, mushriklar Rosulullohning jonlariga qasd qilishdi… ortlaridan Sur gʻorigacha quvib borishdi. U yerda Rosululloh ﷺ doʻsti Abu Bakr roziyallohu anhu bilan jon saqladilar. Mushriklar gʻor ogʻzida toʻxtashganda, ular bilan sarvari olam oʻrtasida bir necha metr masofa qolgandi, xolos… Bu hodisa buyuk Kun arafasida yuz berdi. Yaʼni Rosululloh ﷺ shu ogʻir kundan bir-ikki kun oʻtib, Madinada Islom davlatini barpo qildilar, butun dunyoga ziyo taratuvchi, haqni yetkazuvchi istehkom qurdilar.

Endi, Ummat uchun ibrat boʻluvchi Alloh yaratgan maxluqotlarga kelsak, zulmatli tun ortidan albatta yorugʻ kun keladi va bu aql egalari uchun ibrat-dalildir.

Shunday qilib, Islom Ummati Allohning marhamatidan hargiz noumid boʻlmaydi. U mashaqqat ortidan yengillik kelishini, xafalik ortidan xursandchilik boʻlishini, zulmat ortidan albatta tong otishini biladi. Uni har qanday zarba hargiz holdan toydirolmaydi. Balki u Allohga xolis va Rosuliga sodiq tarzda oldinga harakat qiladi.

Aziz birodarlar!

Xalifalik agʻdarilgandan soʻng kofirlar erkin nafas olib, bemalol mana shu jinoyatlarini amalga oshirishmoqda. Chunki qarshilarida toʻsqinlik qiladigan, ularni oʻzlarining inlariga qaytarib yuboradigan hech kimni koʻrishmayapti. Ular musulmonlar qalqoni parchalanganini koʻrib, uning qayta tiklanishini oldini olishga harakat qilishmoqda. Chunki ushbu qalqonni paydo qiladigan boshqaruv musulmonlarni kuch-quvvati va himoyachisi boʻlmish Xalifalik ekanini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham Xalifalikni barpo etishga harakat qilayotganlarni quvgʻin qilishmoqda. Hizb ut-Tahrir xuddi shu tarzda mustamlakachi kofirlar va ularning musulmon yurtlaridagi malay hukmdorlari nishoniga aylandi. U kofirlar, zolim josuslar hamda Islom va musulmonlarni yomon koʻruvchilarning tazyiqlariga, hatto shahidlikka olib kelgan azoblarga yoʻliqdi… Hizb turli partiyalarga ruxsat bergan Indoneziya kabi hamda turli partiyalarga qonuniy tarzda ruxsat bergan Tunis kabi davlatlarda ham man qilindi… Hizb yigitlariga kelsak, ularning holatini togʻutlar qamoqlaridagi holatlari aytib turibdi… Togʻutlar yigitlarni qamoqlarida qiynoqlarga solayotgan boʻlsa, tashqarida quvgʻin ostiga olishyapti. Xoʻsh, nega!? Chunki Hizb baralla aytayotgan haq soʻz, har qanday qilichdan ham keskirlik qilmoqda. Ular bu haq soʻzga hech qanday soʻz bilan hujjat topisholmayapti, shuning uchun nomardlarcha zoʻravonlik qilishyapti… Ularga Allohning laʼnati boʻlsin, qanday adashishmoqdalar-a.

Birodarlar!

Ummatga va Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilayotganlarga yetayotgan bu azob-uqubat juda-juda ogʻir. Yaxshi hamki, Allohning biz musulmonlarga surur bagʻishlaydigan, bir-birlarimiz bilan silai rahm qilib, dillarimizga orom beradigan hayiti bor, bir-birimizni qutlab, koʻngillarimizni koʻtaruvchi kunlarimiz bor. Yaxshi hamki, Alloh Subhanahuning Islom Ummatini gʻolib-muzaffar qilish haqidagi vaʼdasi bor, Rosuli ﷺning roshid Xalifalik qaytib kelishi toʻgʻrisidagi bashoratlari bor. Yaxshi hamki, Alloh Subhanahuga xolis va Rosuli ﷺga sodiq boʻlgan Hizbimiz bor. Agar – Allohning hayiti, vaʼdasi, Rosulining bashorati va Hizb ut-Tahrir doxil – ushbu toʻrt neʼmati boʻlmaganda edi, yuzlarga mutlaqo tabassum yugurmagan boʻlardi, yuraklarga bir oz malham topilmasdi. Chunki musulmonlarga barcha tarafdan yopirilayotgan azob-uqubatlar juda ogʻirdir. Xalifalik yoʻqligiga qariyb bir asr boʻldi. Bu vaqt mobaynida musulmonlar boʻlinib-parchalanib ketdi… Ustlaridan zolim ruvaybizalar hukmronlik qiladigan boʻldi… Mustamlakachi kofirlar va ularning ittifoqchilarining adovatini aytmay qoʻya qolaylik… Zero, musulmonlar yurtlari bizning qonlarimiz daryo qilib oqiziladigan, nomuslarimiz toptaladigan maydonga aylandi.

Biroq, vaziyatning shu darajada ogʻirligiga qaramay, Hizb ut-Tahrir Alloh Subhanahuning nusratidan, bergan vaʼdasidan va Rosuli ﷺning bashoratlaridan koʻngli xotirjam. Allohning izni ila marhamatidan hargiz umidsizlikka tushmaydi, mudom Alloh izni ila, chiroyli amalda davom etar ekan, Uning marhamatidan hargiz noumid boʻlmaydi. Chunki Hizb Xalifalik qayta barpo etilishi Qurʼoni Karimda bitilganini, kunlar oʻtgani sari u barpo etiladigan kunga yaqinlashayotganini yaxshi biladi. Shunday bir Hizb kuch-qudrat va hikmat egasi Allohning izni ila, aslo tushkunlikka tushishni, azm-qaroridan qaytishni bilmaydi. Bilʼaks, mashaqqatlar unga quvvat bagʻishlaydi, chunki mashaqqat erkakka xos narsa, Hizb aʼzolari esa, haqiqiy er kishilaridir. Ular doim Alloh Subhanahuga duo qilib, Oʻzining

﴿رِجَالٌ لَا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَارُ﴾

“Ertayu kech Uni (Allohni) poklaydigan er-kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni toʻkis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashgʻul qila olmas. Ular dillar va koʻzlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qoʻrqurlar” [Nur 37]

degan kalomidagi zotlardan qilishini soʻramoqdalar. Ular ichgan qasamlari bilan – Allohning fazli ila – daʼvatni yetkazayotgan ekan, insha Alloh ushbu daʼvat yuqori koʻtarilib, Alloh Subhanahu Oʻz vaʼdasini, Rosuli ﷺning bashoratlarini ularning qoʻllari bilan amalga oshiradi. Bu quyidagi uch jihatdan boʻladi:

Birinchi: Bugungi kundagi zolim podshohlikdan soʻng Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik qayta barpo boʻlishi toʻgʻrisida, Imom Ahmad ishlab chiqqan, Tayolisiy oʻzining “Musnad”idada keltirgan Huzayfaning hadisida Rosululloh ﷺ bunday marhamat qiladilar:

“ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”

“… Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”.

Ikkinchi: Bosqinchi yahudiylar davlatining ildizi bilan qoʻporib tashlanishi haqida: Imom Muslim oʻzining “Sahih”ida Abu Hurayra roziyallohu anhudan ushbu rivoyatni ishlab chiqqan: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يُقَاتِلَ الْمُسْلِمُونَ الْيَهُودَ، فَيَقْتُلُهُمُ الْمُسْلِمُونَ”

“To musulmonlar yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni oʻldirmagunlaricha (qirib tashlamagunlaricha) qiyomat boʻlmaydi…”. Yana bir lafzda “تُقَاتِلُكُمُ يَهُودُ، فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ” “yahudiylarga qarshi jang qilib, ular ustidan hukmron boʻlmaguninglargacha”, deyilgan.

Uchinchi: Rimning fath etilishi: Imom Ahmad va Hokim oʻzlarining “Musnad”ida ishlab chiqqan, Zahabiy uni Abu Qubayl orqali tasdiqlagan ushbu rivoyatda bunday deyiladi: “Biz Abdulloh ibn Amr ibn Os oldida edik, u bunday dedi: Biz Rosululloh ﷺning oldilarida yozayotgan edik, ul zotdan qaysi shahar birinchi fath qilinadi, Kanstantinopolь (Istanbul)mi yoki Rim, deya soʻraldi. Shunda Rosululloh ﷺ

“مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلًا، يَعْنِي قُسْطَنْطِينِيَّةَ”

“Iraklining yurti, yaʼni Konstantinopolь birinchi fath boʻladi”, deya javob qildilar”. Haqiqatda, Konstantinopolь fath boʻldi, endi Rim qoldi, insha Alloh.

Birodarlar!

Yuqorida aytilgan soʻzlarni sogʻlom aql, hikmatli fahm ila tadabbur qilinsa, shu narsani koʻrish mumkinki, alam ortidan albatta umid keladi, gʻam-gʻussali voqe bashoratga toʻladi, qiyinchilik ortidan yengillik va uzoq-uzoqqa choʻzilgan baxtsiz hayotdan soʻng farovonlik keladi… Keyin albatta yaxshilik va nusrat, yaxshilik va nusrat, yaxshilik va nusrat keladi.

“Oʻsha kunda moʻminlar Alloh gʻolib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishini gʻolib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

Soʻzimni yakunlar ekanman, Alloh Subhanahu va Taolodan kelgusi hayit Islom Ummati Roshid Xalifalik bayrogʻi soyasida yashagan holatda kirib kelishini soʻrab qolaman. Hizb yigitlari ushbu Ummatning oldingi safida boʻlishini ham Alloh Taolodan soʻrayman. Ammo Roshid Xalifalik bayrogʻi soyasida oʻshanday hayit kirib kelishidan oldin vafot etgan yigitlar boʻlsa, ularning haqqiga duo qilib, Alloh Subhanahudan hech qanday soya topilmaydigan, faqat Oʻzining soyasi boʻladigan qiyomat kunida Oʻz soyasiga olishini hamda inna lillahi va inna ilayhi rojiun, degandan soʻng, Alloh ularni Oʻz rahmatiga olishini soʻrab qolaman. U Rahmon va Rahim zotdir.

Soʻzim nihoyasida barchangizga salom yoʻllab, yaxshilik tilab qolaman

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz 10 zul-hijja 1439h

Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshta 21 avgust 2018m

). Hizb amirining – u kishini Alloh Taolo Oʻz hifz-himoyasida asrasin – nutqi tugadi.

Biz karami keng va qudrati beqiyos Jabbor Allohga yolvorib, bizga buyuk Islomimiz dushmani boʻlgan AQSh va uning gumashtalarida Oʻzining qudratini koʻrsatib qoʻyishini soʻraymiz… Yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz narsalargacha asorati yetib borgan ushbu zolimlar zamonini boshimizdan tezroq koʻtarishini tilaymiz. Allohning rostgoʻy moʻminlari oldida faqat bitta yoʻl bor. U ham boʻlsa, Allohning arqonini mahkam ushlashlari, sidqidildan Unga qullik va xorlik koʻrsatishlari, diniga Rosululloh ﷺ bizga oʻrgatganlaridek yordam berishlari, to Allohning izni-yordami kelgungacha, azob-uqubatlarga sabr-bardosh berishlaridir.

Shuningdek, men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan yoʻllangan tabrikni sizlarga va butun Islomiy Ummatga yetkazar ekanman, Mavlo Azza va Jallaga tazarru qilib, shuni soʻraymanki, kelgusi hayitni Islomiy Ummat Uqob bayrogʻi soyasi ostidagi hayotda birlashgan, gʻolib boʻlgan, Allohning izni ila kuch-qudratga toʻlgan va birinchilik markazini yana qayta egallagan holatda kutib olaylik. Albatta Alloh bu ishni egasi va bunga qodir Zotdir.

Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Allohim, Seni barcha aybu nuqsondan pok deb, Oʻzinga hamd aytamiz. Sendan oʻzga hech iloh yoʻq, deb guvohlik beramiz, Oʻzingdan magʻfirat soʻraymiz va Senga tavba qilamiz

Hijriy 1439 yil muborak Qurbon hayiti kechasi,

milodiy 2018 yil 21 avgust

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa — “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.