Iydi Qurbon muborak boʻlsin

171
0

Iydi Qurbon muborak boʻlsin

 اللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ وَاَللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ وَلِلَّهِ الْحَمْدُ

Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu, vallohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yer yuzida xalifa qilishni vaʼda qilgan Allohga hamdu sanolar boʻlsin. “… soʻng Paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik boʻladi”, deya bashorat qilgan Allohning Rosuliga, u kishining oilalari, ashoblari va u zotga yaxshilik bilan ergashib, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan hamda sharʼiy ahkomlarni oʻz amallariga oʻlchov qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:

Bu yilgi Qurbon hayit bayrami Qirgʻiziston musulmonlari avvalgidan koʻra yana ham koʻproq oʻz diniga talpinayotgan bir davrda huzurimizga kirib kelmoqda. Buning uchun Allohga cheksiz hamdu sanolar aytamiz va ulugʻ bayram munosabati bilan butun dunyo musulmonlarini, shu jumladan Qirgʻiziston Musulmonlarini ham chin qalbimizdan tabriklaymiz, ularga yaxshiliklar tilab, Allohdan oʻzi uchun qilingan barcha ibodatlarni qabul qilishini yolborib soʻraymiz.

Mazkur muborak bayramni oʻz oila aʼzolarimiz davrasida nishonlar ekanmiz, Rossiya bombalari ostida qolayotgan suriyalik birodarlarimizni, yahud vujudining zulmi ostida qolayotgan falastinlik birodarlarimizni, Saudiya bambardimoni ostida halok boʻlayotgan yamanlik birodarlarimizni, AQSh hujumlaridan aziyat chekayotgan afgʻonistonllik birodarlarimizni, shuningdek, dunyoning har bir burchagida kufr hujumlariga duchor boʻlayotgan birodarlarimizni aslo unutmaymiz.

Biz Qodir Allohdan tez kunlarda barcha Musulmonlarni Oʻz nusrati bilan rizqlantirishi, bizlarni Islom bilan, Islomni bizlar bilan aziz qilishini soʻrab qolamiz. Insha Alloh keyingi hayit bayramlari tabrigini shaxsan Xalifamizning oʻzidan eshitishni Ulugʻ Robbimizdan yolvorib soʻraymiz. Barchamizga ulugʻ ayyom yana bir bor muborak boʻlsin.

 Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston matbuot boʻlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.