“Tolibon” harakati vakillari Moskvaga kelishi kutilmoqda

603
0

“Tolibon” harakati vakillari Moskvaga kelishi kutilmoqda

 “Tolibon” harakatining Qatardagi rasmiy vakolatxonasi vakillari joriy yil 4 sentyabr kuni Moskvaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Qobuldagi anonim manbaning axborotiga koʻra, vakolatxona boshligʻi Muhammad Abbos Stanikzayning Moskva tashrifi tasdiqlangan. Tashkil etilayotgan sammitda Rossiya vakillaridan tashqari, Xitoy, Pokiston, Eron, Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda Afgʻoniston masalasi atroflicha koʻrib chiqilishi aytilmoqda. 16 iyul kuni Putinning Afgʻoniston masalalari boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov kutilayotgan sammitga qadar harakat vakillari Moskvaga taklif etilishi haqida aytgandi.

 Ikki hafta avval Toshkentga tashrif buyurgan harakat vakillari hanuzgacha uchrashuv natijalari boʻyicha izoh bermadi. Shundan soʻng, “Tolibon” rasmiylari Indoneziyaga joʻnab ketgandi.

Turkiston:

Xalqaro siyosat (AQSh) Tolibon harakatini, u nazorat qilib kelayotgan hududi bilan birga tan olish va u bilan hamkorlik qilish tomon ogʻib bormoqda. Shu kunlarda Oʻzbekiston hukumati Tolibon harakati yetakchilarini rasman qabul qildi. Vaholangki Oʻzbekiston ham, xuddi Rossiya, AQSh va hatto BMT olamiy tashkiloti kabi, Tolibonni “terroristik” tashkilot sifatida tan olgan.

Lekin Tolibon harakatini oʻz tomoniga tortmoqchi boʻlayotgan tomonlarning har birining oʻz manfaatidan kelib chiqqan maqsadlari bor. Boʻlganida ham, bir biriga qarama qarshi maqsadlari bor. Masalan AQSh Oʻzbekiston vositasida Tolibonni iqtisodiy manfaatlar tomonga jalb qilib, uni tinch muzokaralarga chaqirayotgan boʻlsa, Rossiya Tolibonni qurollantirmoqchi boʻladi. Chunki AQSh bilan Rossiyaning manfaatlari bir emas. Yaʼni AQSh Tolibonni oʻzi bilan hamkorlik qilishga rozi qila olsa, temir yoʻl va neft quvurlari orqali Oʻrta Osiyo xom ashyolarini olib chiqib keta olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa Oʻrta Osiyo Rossiyaning iqtisodiy mustamlakasidan chiqib ketishiga olib boradi. Shuning uchun Rossiya Avgʻonistonda tinchlik barqaror boʻlishiga qarshi harakat qiladi. Agar kuchi yetmasa, tinchlik jarayoniga oʻzi ham qandaydir maʼnoda ishtirok etish va hissa qoʻshish orqali vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qiladi.

Kufr olami oʻz mafkurasi va boshqaruv printsiplaridan voz kecha boshlaganini endi yashirmay, oshkora namoyon qila boshladi. Buni shunday izohlash mumkin: Ular oʻz manfaatlariga muvofiq biror tashkilotni “terrorchi” deb atab olishadi. Soʻng u tashkilotda oʻzlari uchun biror moddiy manfaat koʻrinib qolsa, uni terroristlar safidan oʻchirib qoʻyishadi, yoki oʻsha oʻzlari qoralab turgan holatida ham u bilan doʻstona aloqalar oʻrnatishga urinishadi. Lekin shu “terrorist” tashkilot bilan muzokara olib borishayotganlarida, xuddi shular kabi boshqa tashkilotdagi musulmonlarni bombardimon qilib, oila aʼzolari bilan qirib yuborishayotgan boʻladi!

Shuning uchun islomiy tashkilot, hizb, jamoalarning har biri faqat oʻz tashkilotining manfaatlari bilan cheklanib qolishi durust emas. Har birimiz dunyoda Islomni oliy qilib, islomiy ummat va butun insoniyat manfaati uchun harakat olib borishimiz kerak! Aks holda ummat saltanatni kufrdan tortib olib, oʻz mafkurasiga zid ravishda faqat bir mintaqadagi oʻz manfaatlari uchun harakat olib boruvchi guruhlarga bermaydi. Ummat ustidagi olamiy muammolar esa, olamiy islomiy mabdaiy boshqaruv sistemasi oʻrnatilmas ekan, ortib boraveradi. Kufr esa har birimizni oʻzimiz bilan ovora qilish bilan, moddiy manfaatlarga qiziqtirib, oʻz domiga tortib boraveradi!  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.