AQSh Moʻgʻulistonni Rossiya va Xitoy taʼsiridan himoya qilmoqchi

901
0

AQSh Moʻgʻulistonni Rossiya va Xitoy taʼsiridan himoya qilmoqchi

 AQSh kongressiga Qoʻshma Shtatlar va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi savdoni yanada faollashtirishni nazarda tutadigan qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda RT xabar berdi.

 Taʼkidlanishicha, qonun loyihasining tashabbuskori respublikachi Ted Yoxo sanaladi. U Moʻgʻulistondan olib kiriladigan ayrim tovarlarga nisbatan bojsiz rejim joriy qilish orqali mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-sotiqni “ragʻbatlantirish”ni taklif qildi. Gap toʻqimachilik materiallari, shu jumladan kashemir haqida ketyapti.

 “Moʻgʻuliston tovarlarining ayrimlari, shu jumladan, kashemirga nisbatan imtiyozlar AQShga Moʻgʻuliston bilan savdoni kengaytirish hamda bu materialdan Xitoy mahsulotlari importi hajmini kamaytirish bilan yordam beradi”, – deyiladi loyihada.

 Shuningdek, taʼkidlanishicha, Rossiya va Xitoy tomoni mamlakat rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, chunki ular Moʻgʻulistondan hudud va aholi miqdori boʻyicha kattadir.

 “Moʻgʻuliston quruqlikda faqat Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Ular, AQSh milliy xavfsizlik strategiyasida taʼkidlanganidek, Qoʻshma Shtatlar qadriyatlari va manfaatlariga bevosita qarshi boʻlgan dunyoni yaratish istagidagi davlatlardir”, – deya xabar qilinadi qonun loyihasida.

Turkiston: Moʻgʻilistonda AQSh uchun iqtisodiy manfaat deyarli yoʻq. Demak u Xitoy va Rossiyaga qarshi yana bir strotegik ahamiyatga ega mintaqada harbiy kontengent paydo qilmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.