Vashington Rossiyaning yangi qurollariga nisbatan cheklovlar joriy qilmoqchi

Vashington Rossiyaning yangi qurollariga nisbatan cheklovlar joriy qilmoqchi

 AQShning yangi mudofaa qonuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan eʼlon qilingan ruslarning soʻnggi marka qurollarini cheklashlarga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Qonunga binoan, AQSh prezidenti Donald Tramp 31 dekabrdan kechiktirmagan holda strategik hujumkor qurollarni cheklash boʻyicha Vashingtonning Moskva bilan oʻtkazgan muloqoti haqida kongresga hisobot taqdim etishi kerak. Bu cheklov Rossiyaning yangi ishlab chiqqan qurollarini, xususan Rossiyaning “sarmat” ogʻir qitʼalararo raketasi, “X 101” yadroviy qanotli raketasi, “Avangard” navidan uzoq masofaga uchuvchi ultratovush tizimi va ruslar “Poseydon” deb ataydigan “Statos 6” nomli suv osti kemasini ham oʻz ichiga olishi lozim.

Mazkur qonun AQSh idorasidan shunga izoh berishni talab qiladiki, agar Rossiya tomon bu tizimlarga strategik hujumkor qurol degan eʼtiborda qaraydigan boʻlsa, AQSh va Rossiya oʻrtasida tuzilgan yangi shartnoma strategik hujumkor qurollarini cheklashni oʻz ichiga oladi.

AQSh maʼmuriyati oʻz hisobotida bu masala boʻyicha Rossiyaning pozitsiyasi qanday boʻlmoqda va Vashington tomonidan biron siyosiy, iqtisodiy va harbiy choralar talab qilinadimi-yoʻqmi, shu haqida kongressga xabar berishi shart.

Eslatib oʻtish joizki, hujumkor strategik qurollarni cheklash boʻyicha yangi shartnoma 2011 yilda kuchga kirgan. Shartnoma muddati 2021 yilda tugaydi va 2026 yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjud.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.