Pompeo Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmonga minnatdorchilik bildirdi

474
0

Pompeo Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmonga minnatdorchilik bildirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Dushanba kuni Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmon bilan oʻtkazgan telefon suhbatida Saudiya Arabistonining “Suriyani barqarorlashtirish” saʼy-harakati uchun shaxzodaga minnatdorchilik bildirdi.

AQSh Davlat departamentining bayonotida aytilishicha, Pompeo va valiahd shaxzoda oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbatda Suriya, Iroq, Yaman va Afgʻoniston masalalari muhokama qilingan.

“Saudiya hukumati Suriyaning shimoliy sharqida barqarorlikni oʻrnatishga qaratilgan favqulodda hamkorligi va qoʻllab-quvvatlovi hamda Iroqda suv va elektr tanqisligi masalasini xususiy suv tozalovchi kemalar va generatorlarga dizel yoqilgʻisi yuborish orqali hal qilishda bergan yordami uchun AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni valiahdiga oʻz minnatdorligini izhor etdi”, deyiladi AQSh tashqi ishlar vazirligi tarafidan berilgan bayonotda.

Bayonotda qoʻshimcha qilinishicha, Pompeo va Ibn Salmon kirib kelayotgan Iyd al-Azho bayrami munosabati bilan Afgʻonistonda oʻt ochish toʻxtatilishini va mamlakatda keng miqyosda tinchlik yoyilishini qoʻllab-quvvatlash ustida bahs yuritgan.

Shuningdek taraflar oʻrtasidagi telefon suhbatda BMT maxsus vakili Martin Griffithsning Yamandagi nizolarni bartaraf qilish ishi va boshqa bir qator masalalarni hal qilish ham muhokama qilingani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.