Jeenbekov Qirgʻiziston kim bilan doʻst boʻlishini maʼlum qildi

924
0

Jeenbekov Qirgʻiziston kim bilan doʻst boʻlishini maʼlum qildi

 Sooronbay Jeenbekovning maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston qoʻshni davlatlar bilan, xususan Rossiya bilan doʻstona aloqalarga alohida ahamiyat qaratadi. Bu haqida “Sputnik” Qirgʻiziston xabar qildi.

 13 avgust kuni Jeenbekov Qirgʻiziston respublikasini barqaror taraqqiy ettirish boʻyicha Milliy kengashi majlisiga raislik qildi.

 U yigʻilish ishtirokchilari oldida nutq soʻzlab, dunyoda jiddiy oʻzgarishlar boʻlayotganini, xususan, bu oʻzgarishlar Qirgʻizistonga ham taʼsir koʻrsatayotganligini taʼkidladi.

 “Biz qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat qaratamiz, shu jumladan, strategik sherigimiz – Rossiya bilan munosabatlarga ham. YeOII, ShHT, KXShT mamlakatlari bilan haryoqlama munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz”, – dedi Jeenbekov.

 Qirgʻiziston rahbari soʻzlariga koʻra, u boshqa davlatlar bilan ham munosabatlarni rivojlantiradi.

 “Biz Xitoy bilan hamkorlikni strategik darajaga yetkazdik, shuningdek, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilamiz. Biz xalqaro hamkorlarlarimizga ustuvor ahamiyat qaratamiz, xususan, BMTdagi hamkorlikka ham”, – deb taʼkidlagan Jeenbekov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.