Saudiya Arabistoni Yamanda bolalarni bombaladi

618
0

Saudiya Arabistoni Yamanda bolalarni bombaladi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yaman shimolida joylashgan Dahyan shahrida bolalarning avtobusiga hujum uyushtirdi. Soʻngi xabarga koʻra, hujumda 50 kishi halok boʻlgan va 77 kishi jarohat olgan. Ularning deyarli barchasi 15 yoshli bolalardan iborat boʻlgan.

AQSh va Saudiya Arabistoni samolyotlari tarafidan uyushtirganligi aytilayotgan hujumda, oʻlganlar orasida oʻqituvchilar ham borligi aytilmoqda.

Hisobotda aytilishicha, avtobus Saada viloyatining Dehyan shahridagi bozor oʻrtasida boʻlgan paytpda hujumga tutilganligi, oʻlik sonining koʻpayishiga sabab boʻlgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari esa mazkur hujumni qonuniy harbiy harakat boʻlganligini hamda xalqaro insonparvarlik qonunlari va muvofiq amalga oshirilganligini daʼvo qilmoqda.

Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi SPAning xabar qilishicha, koalitsiya kuchlarining matbuot kotibi polkovnik Turki al-Malikiy koalitsiya kuchlarining hujumi haqida eʼlon qilgan yozma bayonotida avtobusga uyushtirilgan hujum qonuniy harbiy amaliyot boʻlganligini taʼkidlagan.

Inson huquqlari guruhlarining taʼkidlashicha, Saudiya boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Yamandagi Xusiylarga qarshi olib borayotgan jangida bozorlar, maktablar, kasalxonalar va tinch aholi yashaydigan uy-joylarni bombalashi koʻp kuzatilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.