Tojikiston ham Markaziy Osiyoda “ipak yoʻli vizasi” joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaydi

Tojikiston ham Markaziy Osiyoda “ipak yoʻli vizasi” joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaydi

Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida umumiy “ipak yoʻli vizasi” joriy etilishiga qiziqmoqda.

 Respublika parlamentining xalqaro ishlar, jamoatchilik birlashmalari va axborot qoʻmitasi rahbari Olim Salimzodaning aytishicha, bunday tashabbus Tojikistonda katta qiziqish uygʻotadi.

 Prezident Imomali Rahmon davlat mustaqilligiga erishilganidan buyon mintaqa davlatlarining yaqinlashuvi va sayyohlar, mahsulotlar va xizmatlar uchun sunʼiy toʻsiqlarni olib tashlash tarafdori boʻlib kelmoqda, deyiladi xabarda.

 Avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingan edi. Ayni paytda tomonlar oʻrtasida bu borada faol muzokaralar olib borilmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.