Britaniya mudofaa vaziri: Rossiya biz uchun ham, butun Yevropa uchun ham xatardir

Britaniya mudofaa vaziri: Rossiya biz uchun ham, butun Yevropa uchun ham xatardir

Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilьyamson Rossiya Britaniga, Yevropaga va dunyodagi boshqa mamlakatlarga tahdid solayotganini bildirdi.

“2015 yilda butun dunyodagi vaziyatga nazar solganimizda, Rossiya rivojlanayotgan tahdiddir, deb aytardik. ammo keyingi oʻzgarishlar qanday boʻlishini 100 foiz ayta olmas emas edik”, dedi Vazir seshanba kuni Vashingtonda tashkil qilingan Atlantika Kengashi simpoziumida.

“Bilishimcha, dunyoning 2015 yildan beri orttirgan tajribasi shuni juda aniq koʻrsatib turibdiki, gap faqat Britaniya va Yevropaga kelayotgan xavf haqida emas, balki boshqa mamlakatlarga ham kelayotgan xavf haqida ketyapti”, deya qoʻshimcha qildi u.

Britaniya mudofaa vaziri Moskvani yashirin amaliyotlar, kiber hujumlar, siyosiy fitnalar va harbiy kuchini koʻndalang qilish uslublarini ishga solishda aybladi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya oʻz manfaatlarini faollashtirish uchun butun harbiy Arsenaldan foydalanmoqda.

Shuningdek Gevin Uilьyamson Rossiyani Yevropa hududida kimyoviy qurol foydalanishda ham aybladi. Bu bidan u sobiq Rossiya razvedkachisi Sergey Skrippal va qizi Julianing oʻtgan mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida zaharlanganligiga ishora qildi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.