Hizb ut-Tahrir Pokiston: Demokratiyani rad eting, Xalifalikni tiklang

Hizb ut-Tahrir Pokiston: Demokratiyani rad eting, Xalifalikni tiklang

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati 25 iyul kuni boʻlib oʻtgan umumiy saylovlardan avval kuchli kampaniya boshladi. Mazkur kampaniyadan koʻzlangan asosiy maqsad, demokratiyani bartaraf qilish va Paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik davlatini qayta tiklashga chaqirishdir. Hizb ut-Tahrir ayni mavzuda Pokistonda varaqalar tarqatdi, halqqa murojaat yoʻlladi va jamoat joylarda bannerlar yoydi.

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati matbuot boʻlimi tarafidan berilgan bayonotda “agar yomon boʻlsa ham mavjud hukumatga ovoz bermasak, buning oʻrniga bundan ham yomonrogʻi keladi”, degan daʼvoga shunday raddiya berildi:

“Kichik korruptsiyaga ovoz bermaslik katta korrupsiyaga yoʻl ochadi, degan daʼvoga kelsak, katta qimorbozlarga yoʻl bermaslik uchun oʻzimiz qimor oʻynashimiz kerak, deya olamizmi? Yoki “ikki yomonni yengilini tanlash”ni bahona qilib, ikki qadah aroq ichish oʻrniga bir qadah ichish kerakligini ayta olamizmi?

Demokratiya Alloh Subhanahu va Taolo nozil qilmagan boshqaruv shaklidir. Alloh musulmonlarga nafaqat u bilan boshqarishni harom qildi, balki unga ishonishni ham harom qildi.

Alloh Subhanahu aytadi:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلالا بَعِيدًا

“(Ey Muhammad), oʻzlarini sizga nozil kilingan narsaga (Qurʼonga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm soʻrab borishni istayotganlarini koʻrmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yoʻldan ozdirishni istaydi.” [Niso 60]

Qurʼon va Sunnat oʻrniga koʻpchilikning talabiga qarab hukumatni boshqaradigan kishiga ovoz berish ulkan gunohdir. Xalqning istak va talablaridan qatʼiy nazar, Allohning qonunlari bilan hukm yuritadigan Halifani saylash musulmonlarning burchidir.

Demokratiya rad qiling, Xalifalikni tiklang. Demokratiyaga ovoz bermang, chunki demokratiyaga ovoz berish gunohdir”.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.