Tojikistonda “terror”da ayblangan 14 kishi ustidan hukm oʻqildi

Tojikistonda “terror”da ayblangan 14 kishi ustidan hukm oʻqildi

 Tojikiston hukumati mamlakat ichkarisidagi bir nechta obʼektlarga, jumladan, Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan guruhni qoʻlga olganligini maʼlum qildi.

Tojikiston Davlat Xavfsizlik Qoʻmitasining bildirishicha, mazkur guruhni qoʻlga olishga qaratilgan xavfsizlik operatsiyalari oʻtgan fevral oyida boshlangan. Shuningdek xavfsizlik qoʻmitasi, bu guruh mart oyida Navroʻz bayrami nishonlanayotgan paytda katta hujumlar uyushtirishni rejalashtirganligini maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, guruh vakillari tomonidan hujum uyushtirish rejalashtirilgan obʼektlar orasida Rossiya armiyasining 210-sonli bazasi ham bor.

Davlat xavfsizlik qoʻmitasi ayblanuvchilarga qoʻyilgan jinoiy ish ustidan sud jarayoni tugaganidan keyin hukm tafsilotlarini maʼlum qildi. Qoʻlga olingan 14 kishining hammasiga terrorizm, ekstremistik tashkilot tuzish, noqonuniy yoʻllar orqali chegarani kesib oʻtish va boshqa ayblovlar qoʻyilgan.

Sud hukmiga koʻra, guruh asoschilari deb topilgan Fahruddin Gulov va Mahmudjon Azzamov 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Guruhning qolgan aʼzolari esa 7 yildan  qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Barcha ayblanuvchilar Afgʻonistonning Jalolobod shahri yaqinidagi maxsus bazada harbiy mashgʻulotdan oʻtgan va IShID tashkiloti safida jang qilgan. Tojikistonda faoliyati taʼqiqlangan “islomiy uygʻonish partiyasi” ularning oʻquv kurslarini mablagʻ bilan taʼminlab turgan”, deyiladi “arabic.rt.com” axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.