Tojikistonda “terror”da ayblangan 14 kishi ustidan hukm oʻqildi

Tojikistonda “terror”da ayblangan 14 kishi ustidan hukm oʻqildi  Tojikiston hukumati mamlakat ichkarisidagi bir nechta obʼektlarga, jumladan, Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan guruhni qoʻlga olganligini maʼlum qildi. Tojikiston Davlat Xavfsizlik Qoʻmitasining bildirishicha, mazkur guruhni qoʻlga olishga qaratilgan xavfsizlik operatsiyalari oʻtgan fevral oyida boshlangan. Shuningdek xavfsizlik qoʻmitasi, bu guruh mart oyida Navroʻz bayrami nishonlanayotgan paytda katta hujumlar uyushtirishni rejalashtirganligini maʼlum qildi….

Do'stlaringizga yuboring
Davomi