Bir tomondan yordam berib, boshqa bir tomondan oʻldirmoqda!

Bir tomondan yordam berib, boshqa bir tomondan oʻldirmoqda!

BMT Yamanga oid qabul qilgan qarori bilan etnik urush olovini yoqib, bir tarafdan Yamandagi bolalarni oʻlim girdobiga otar ekan, boshqa bir tarafdan oʻzining YuNISEF jamgʻarmasi orqali yamanlik bolalarga yordam bermoqda.

Uzoq muddatdan buyon siyosiy beqarorlikni boshidan kechirib kelayotgan Yamanda amaldagi hukumatga qarshi bosh koʻtargan Husiylar 2014 yilning sentyabr oyidan boshlab poytaxt Sanʼo va ayrim hududlarni nazorat ostiga olgan. AQSh boshchiligida tashkil etilgan koalitsiya kuchlari esa Husilarga barham bberish bahonasida Yamanni vayron qilib kemoqda. Bu vayronagarchiliklar BMT tasdigʻi bilan amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas.

Ammo BMT tashkilotining YuNISEF jamgʻarmasi Yamandagi bolalarga yordam koʻrsatayotganini taʼkidlamoqda. Yaqinda bu jamgʻarma Yamandagi muhtoj bolalar uchun 59 million dollarlik yordamni qilishini oʻz bayonotida eʼlon qildi. Bayonotda bildirilishicha, bu yordam vabo kabi kasalliklarni oldini olish, bolalar taʼlimi, suv, sanitariya, bolalarni muhofaza qilish va ularni oziq ovqat bilan taʼminlashga sarflanadi.

Aslida esa, Yaqin Sharqni qonga belagan BMT va AQSh “xoʻjakoʻrsin”ga qilayotgan yordamlari bilan oʻzlarining xunrezliklarini yashirishga urinmoqda. Chunki BMT yordam (agar buni yordam deb atash joiz boʻlsa) uchun mablagʻni arab mamlakatlaridan yigʻib oladi. Yuqorida aytilgan 59 million dollarlik yordamni YuNISEF jamgʻarmasi Quvaytdan olganligini oʻz bayonotida maʼlum qildi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.