AQSh Ukrainaga 250 millon dollar ajratadi

396
0

AQSh Ukrainaga 250 millon dollar ajratadi

 AQSh senati mamlakat mudofaa byudjetini tasdiqladi, bunda Ukrainaga mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish uchun yordam tarzida 250 million dollar ajratish koʻzda tutilgan. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasining Facebook’dagi sahifasida xabar qilingan.

 “Hujjatda, xususan, Ukrainaga kiberhujumlarlardan himoyalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, davlat hukumat organlari kompьyuter tarmoqlari xavfsizligini taʼminlash, rossiya axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan tobelikni kamaytirish va axborot almashinuvi dasturlarida ishtirok etishga koʻmak berish borasida Ukrainaga yordam berish nazarda tutilgan”, – deyiladi diplomatik muassasa axborotida.

 Ilgariroq, Amerika mudofaa byudjeti 2019 yil uchun AQSh kongressi vakillar palatasi tomonidan maʼqullangan edi. Endilikda unga davlat rahbari imzo chekishi talab etilardi.

 2018 yilda Ukraina AQSh, Litva, Buyuk Britaniya va Kanadadan 40 million dollardan ortiq summaga uchar qurollar va boshqa harbiy vositalarni qabul qilgan.

 Rossiya Ukrainaga qurol-aslahalar yetkazib berilishi, Donbassdagi mojarolarni yanada ziddiylashishiga olib kelishini taʼkidlab, bu borada bir necha marotaba ogohlantirish bergan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga chetdan qurol olib kirilishi Donbassdagi vaziyatni bartaraf etishga hamda Minsk kelishuvlarini bajarishga xizmat qilmasligini koʻplab marotaba qayd etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.