MDH ekspertlari qurolli kuchlar birlashgan aloqa tizimini yaratishni muhokama qilishadi

MDH ekspertlari qurolli kuchlar birlashgan aloqa tizimini yaratishni muhokama qilishadi

 MDH davlatlari ekspertlari Minskda Hamdoʻstlik davlatlari qurolli kuchlarining birlashgan aloqa tizimi toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasini muhokama qilishadi. Bu haqida “kun.uz” xabar qildi.

 “1-2 avgust kunlari MDH Ijroiya qoʻmitasida Hamdoʻstlik davlatlari qurolli kuchlarining birlashgan aloqa tizimi toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasi boʻyicha ekspert guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtadi”,- deyiladi xabarda.

 Qayd etilishicha, kelishuv loyihasi Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan.

 “Birlashgan aloqa tizimi yaratilishi, rivojlanishi va ishtirokchi davlatlarning qurolli kuchlar aloqa tizimlari, davlat aloqa tizimlaridan toʻliq va samarali foydalanish evaziga zarur boshqaruv sifatini taʼminlash uchun xizmat qilishi kutilmoqda”,- deb taʼkidlanadi xabarda.

Turkiston: 

BMT boshchiligidagi xalqaro olamiy boshqaruv sistemasi inqirozga yuz tutib boryapti. Oxirgi yillarda BMT faqat AQShning manfaatlarini himoyasi uchun ishlayotgan tashkilot ekani oshkor boʻlib borayapti.

Oxirgi vaqtda BMT oʻziga aʼzo davlatlardan, yillik toʻlovlar toʻlamay qarzga botib ketganlaridan shikoyat qilib, agar qarzlar toʻlanmasa tashkilot oʻz faoliyatini toʻxtatishi mumkin ekani haqida bayonot berdi. BMTdan eng qarzi koʻp davlat AQSh ekanini eʼtiborga olsak, demak AQSh BMT tashkiloti faoliyatini toʻxtatmoqchi ekani haqida gumon paydo boʻladi. Chunki AQShning ichki iqtisodida jiddiy moliyaviy va iqtisodiy muammolar paydo boʻlib, AQSh prezidenti Donald Tramp bu muammolarni hal qilishga urinyapti. Shu maqsadda NATOni moliyalashtirishning bir qismini Yevropa va boshqa unga aʼzo davlatlar zimmasiga yuklab qoʻydi. Arab mamlakatlari bilan ham, bosim oʻtkazish va ularga berib borilgan har qanday moliyaviy dotatsiyalardan bosh tortish hamda ulardan mumkin qadar koʻproq moddiy va moliyaviy manfaatlar undirib olish asosida muomila qilmoqda. Shundan kelib chiqib shou biznes vakili boʻlgan Tramp prezidentlikka olib kelindi. AQShning yetakchi guruhiga, mamlakatining olamiy yetakchilikni ushlab turish ortidan kirib borayotgan moliyaviy krizislardan qutulishi uchun, Tramp singari yuzsiz va oriyatsiz biznesmen kerak edi. Hozirda AQSh olamiy boshqaruv sistemasini yangilamoqchidek harakat olib borayapti.

Yangi shakillanadigan olamiy boshqaruv tizimiga AQShga moyil bir qancha mamlakat qoʻshilishi mumkin, shuningdek bir necha mamlakatni oʻz safidan chiqarib yuborishi kutiladi. Shular safida Rossiya ham boʻlishi mumkin. Shuning uchun Rossiya hozirdan oʻzi uchun olamiy boʻlmasa ham, maʼlum mintaqa taʼsiriga ega boʻlgan tashkilot paydo qilishga harakat qiladi. Rossiya, sobiq Sovetlar Ittifoqidan qolgan bir necha davlatlarni oʻz taʼsiri ostida ushlab qolishga urinib koʻradi. Lekin hozirgi uning olamiy sistema va xalqaro siyosatdagi oʻrni, shuningdek siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holat va sharoitlari bu maqsadini roʻyobga chiqarishi uchun imkon yaratib bera olmaydi. Shuning uchun Rossiya MDH davlatlari uchun faqat harbiy imkoniyatlar taklif qila oladi. Bu esa xalqaro tashkilot uchun olamiy siyosiy obroʻy olib kela olmaydigan zaif taklifdir!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.