AQSh Suriyaning shimolida yirik qamoqxona qurdi

689
0

AQSh Suriyaning shimolida yirik qamoqxona qurdi

AQSh maʼmuriyati Suriyaning shimolida juda yaxshi himoyalangan turma tashkil qildi. Turmada mahkumlarni tergov qiladigan va qamab qoʻyadigan xonalar hamda soqchilar uchun yashash joylar mavjud. Shuningdek bu yirik qamoqxona kamera tizimlari, minorali tipdagi kuzatuv stantsiyalari va T-Wall tizimi deb nomlangan qalin devorlar hamda devorlarga oʻrnatilgan kameralar bilan himoyalangan.

Suriyaning Hasaki shahridagi manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, AQSh Suriyada jang qilayotgan xorijiy yuqori martabali jangchilarni qamash uchun eski maktabni qamoqxonaga aylantirgan. Bundan oldin turli mintaqalarda saqlangan barcha mahbuslar Rakka shimolida joylashgan Ayn-Isodagi katta qamoqxonaga olib kelinar edi.

Mintaqa aholisiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining “harbiy muassasasi” sifatida tanitilgan bu qamoqxonada xizmat qilayotganlarning barchasi amerikalik ekanligi maʼlum boʻldi. Ammo Turkiya tomonidan terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan Suriya demokratik kuchlari (YPG/PKK) vakillari ham vaqti-vaqti bilan u yerga kirib chiqqanligi kuzatilgan.

AQSh musulmonlarning yurtida musulmonlar uchun qamoqxonalar qurmoqda, harbiy bazalarni ochmoqda. Islom oʻlkalarining rahbarlari esa oʻz kursilarini saqlab qolish ilinjida bunga sukut saqlab, rozilik bildirmoqda, AQShning talablariga boʻyin egishmoqda.

Suriyaning shimolida koʻplab AQShning bazalari mavjud. Ayn-Isoning janubi-gʻarbiy qismida Suriya Demokratik kuchlari nomi ostidagi YPG/PKK bazasida taxminan 200 AQSh xizmatchisi joylashtirilgani aytiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.