Shayx Solih Al-Favzan: Hukmdorlarni haqorat qilgan kishi xavorijdir, u haqida hukumatni xabardor qiling

1637
0

Shayx Solih Al-Favzan: Hukmdorlarni haqorat qilgan kishi xavorijdir, u haqida hukumatni xabardor qiling

Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmon kutilmaganda “Buyuk ulamolar kengashi”ning aʼzosi Solih Favzanning Ar-Riyoz shahridagi uyiga tashrif buyurdi. Faollar Shaxzoda bin Salmonning ziyorati haqidagi video lavhani ijtimoiy tarmoq saytlari orqali tarqatib yuborishdi.

Mazkur video lavhada Shaxzoda ibn Salmon shayx Favzanga “Ey shayx, Allohga hamdu sanolar boʻlsin, sogʻ-salomat ekansiz. Xudo xohlasa, yana ham yaxshi boʻlasiz”, “Vazirlar kengashi majlisini tugatib, Jiddaga borishdan oldin sizning ziyoratingizga keldik”, degan muomalasini koʻrish mumkin.

Shuningdek video tasvirga koʻra, shahzoda bin Salmonga ziyorati uchun minnatdorchilik bildirgan Shayx Favzan uni va uning hamrohlarini uyga taklif qiladi. Ammo Shayx Favzondan avval uyga kirishdan bosh tortgan shaxzoda Shayxga “Siz mening otamsiz ey Shayx” deya mulozamat koʻrsatadi.

Shaxzodaning ziyoratidan ruhlangan Shayx Favzon oradan bir necha soat oʻtgandan soʻng, xos majlislarda hokimiyat tabaqadagilarni va olimlarni haqorat qilish xavorijlik ekanligiga va unday kimsalar haqida darhol hukumatga xabar qilish zarurligi haqida fatvo chiqardi. Hokimlarni haqorat qilgan kishining sharʼiy hukmi haqida soʻralganda Shayx Favzon “Bunday holatga guvoh boʻlgan kishi darhol uni qaytarsin, agar u qabul qilmasa, u haqida hukumatni xabardor qilsin. Chunki xavorijdir”, deya javob berdi.

Ziyorat ortidan faollar Shayx Favzanning “xususiy majlislarida hukmdorlarni haqorat qilgan kishilar xavorijlardir”, degan va bundaylardan hukumatni xabardor qilishga chaqirgan audio fatvosini tarqatishdi.

Xabarda aytilishicha, Muhammad ibn Salmonning Shayx Favzanni ziyorat qilishi va unga yuksak ehtirom koʻrsatishi maqsadsiz boʻlgan emas. Tahlilchilarga koʻra, bu ziyorat Shayx Favzandan ibn Salmonning hukumatda qolishini qoʻllab quvvatlash va xalqdan unga itoat qilishni talab qilish uchun amalga oshirilgan. Yoki bu ziyorat uning xuddi shu mazmundagi fatvolari, xususan ayollar haqidagi fatvolariga tashakkur bildirish uchun amalga oshirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.