Oʻzbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshtkentga olib kelindi

Oʻzbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshtkentga olib kelindi

Oʻzbekiston fuqarosi Zokir Rahimov xavfsizlik kuchlari tomonidan qoʻlga olinib, oʻz yurtiga deport qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati maʼlum qildi. Sputnik agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Zokir Rahimov Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan amaliyotlar natijasida Turkiyadan deport qilinib, Oʻzbekistonga olib kelingan.

“Amalga oshirilgan amaliyotlar natijasida xalqaro terrorchilik tashkilotlarning faol aʼzolaridan biri, Oʻzbekiston fuqarosi Zohir Rahimov Turkiyadan Oʻzbekistonga olib kelindi”, deyiladi Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati tarafidan berilgan bayonotda.

Bayonotga koʻra, Rahimov 1994 yildan buyon jihodiy tashkilotlarining aʼzosi boʻlgan. 1999 yilda noqonuniy yoʻllar orqali Tojikistonga oʻtgan Rahimov “Turkiston Islomiy Harakati”ga qoʻshilgan va u yerdan Afgʻonistonga oʻtib ketgan.

Zokir Rahimovning deport qilinishida boʻlgani kabi, baʼzi xorijiy razvedka organlari Turkiyada oʻzlari qoʻlga olishni istagan kishilarga nisbaan turli yoʻllar bilan amaliyotlar uyushtirishmoqda. Bundan avval “Chechen suyiqasdlari” sifatida kun tartibida kelgan chechenistonlik Musulmonlarining noqonuniy vositalar orqali oʻldirilish hodisalari yuz bergan edi.

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Checheniston va boshqa davlatlardan kelib, Muhojir sifatida Turkiyadan boshpana topgan Musulmonlar gohida mazkur davlatlarning razvedka kuchlari tarafidan Turkiya hududida amalga oshirilgan turli operatsiyalar oqali, gohida esa Turkiya hukumatining deport qilishi orqali oʻz yurtlariga olib  ketilmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.