Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlariga taklif bilan chiqdi

453
0

Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlariga taklif bilan chiqdi

 2018 yilning 21 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Choʻlpon ota shahrida (Qirgʻiziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

 TIV xabariga koʻra, tadbir chogʻida mintaqa kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek Markaziy Osiyoda koʻp tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yanada rivojlantirish boʻyicha sermazmun va batafsil fikr almashildi.

 Yigʻilish yakunlariga koʻra Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

 Hujjatda 2019 yil mart oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan navbatdagi Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahatlashuv uchrashuvining muhimligi alohida taʼkidlangan. Bundan tashqari, xavfsizlikni taʼminlash, mintaqa davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, Markaziy Osiyoning tranzit-transport salohiyatlarini kengaytirish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zarurligi qayd etilgan.

 Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov tadbir qatnashchilarini joriy yilning oktyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishga taklif etdi.

 Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining mazkur uchrashuvi mintaqadagi barcha mamlakatlarning doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, hamjihatlik va ishonch anʼanalariga asoslangan mintaqaviy hamkorligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish borasidagi saʼy-harakatlarining mantiqiy va tabiiy davomi boʻldi, deyiladi xabarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.