Qirgʻiziston Erdogʻanni kutmoqda

874
0

Qirgʻiziston Erdogʻanni kutmoqda

Joriy yilning sentyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Bishkekka tashrif buyuradi. Bu haqida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev maʼlum qildi.

“Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekovning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning inauguratsiya marosimida ishtirok etishi ortidan boshlangan ikki tomonlama muzokaralar natijasida Turkiya prezidentining sentyabr oyida Bishkekda tashrifi xususida dastlabki kelishuvga erishildi”, dedi Abdildayev.

Erlan Abdildayev Turkiya prezidentining Qirgʻizistonga tashrifi chogʻida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilayotganini birdirdi. Abdildayevning taʼkidlashicha Turkiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi aloqalar kundan-kunga rivojlanib bormoqda.

“Soʻnggi hisobot davrida siyosiy aloqalarda yaxshigina ilgarilash kuzatildi hamda Rossiyaga qarata tijoriy, iqtisodiy sohada ham hamkorlikning faollashuvi qayd etildi. Yuqori darajali muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va milliy iqtisodiyotning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi shartlariga mos keladigan loyihalari va vazifalarini nihoyasiga yetkazish uchun aniq koʻrsatmalar berildi” dedi Abdildayev.

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziriga koʻra, kelgusi ikki oy ichida, sentyabr oyida oʻtkaziladigan “Turk tilida soʻzlashuvchi (Turkiyzabon) Mamlakatlar hamkorlik Kengashi” sammiti uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.