Putin Trampga “ogʻriqli nuqtalar”ga eʼtibor qaratishni taklif qildi

769
0

Putin Trampga “ogʻriqli nuqtalar”ga eʼtibor qaratishni taklif qildi

 AQSh prezidenti Donalьd Trampning maʼlum qilishicha, Vashington va Moskvada yaxshi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyati mavjud.

 “Bizning davlatlarimizda oʻzaro munosabatlarni yaxshilash uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Bunday munosabatlarni uzoq yillar saqlab qolish mumkin”,- degan Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv avvalida.

 Putin amerikalik hamkasbiga “ogʻriqli nuqtalar”ga eʼtibor qaratishni taklif etgan.

 Putinning soʻzlariga koʻra, davlat rahbarlari doimiy muloqotni davom ettirishi zarur.

 “Biz doimiy ravishda aloqa qilib kelmoqdamiz. Biz telefon orqali muloqot qilamiz, xalqaro maydonlarda uchrashdik. Endi esa oʻzaro munosabatlarimiz va xalqaro maydondagi “ogʻriqli nuqtalar”ni muhokama qilish payti keldi”,- degan Putin.

 Putin eʼtibor qaratish zarur boʻlgan mavzular bisyor ekanini taʼkidlab oʻtgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.