Bahrom Ashrafxonov Markaziy Osiyo davlatlari qanday masalalarni muhokama qilmoqchiligini maʼlum qildi

Bahrom Ashrafxonov Markaziy Osiyo davlatlari qanday masalalarni muhokama qilmoqchiligini maʼlum qildi

Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mintaqa mamlakatlari muhim masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan qator anjumanlar boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.

 Xususan, diplomatik missiya rahbari Qirgʻizistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganligini muhokama qilishlarini bildirdi.

 “Yil oxiriga qadar juda koʻp uchrashuvlar rejalashtirilgan. Masalan, avgustda Orolni qutqarish Xalqaro fondi taʼsischi-davlatlari rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtadi, kuzda esa Toshkentda transport sohasi vakillari, jumladan ShHTga aʼzo davlatlar temiryoʻl kompaniyalari yigʻilishadi. Oktyabr oxirida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi va mintaqa mamlakatlari analitik markazlari forumini oʻtkazish rejalashtirilgan”, dedi elchi.

 U barcha boʻlajak uchrashuvlarda tomonlar umumiy masala va muammolarni koʻrib chiqishlari va muhokama qilishlarini hamda mintaqa taraqqiyoti uchun aniq takliflar berishlarini bildirdi. Markaziy Osiyo beshligi mazkur tashabbuslarni xalqaro maydonda – MDH, ShHT va BMTda ilgari suradi.

 Bundan tashqari, 2019 yil bahorda Toshkent Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuviga mezbonlik qiladi. Unda mintaqa davlatlarining barcha rahbarlari, jumladan Ostonadagi muzokaralarga tashrif buyura olmagan Turkmaniston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkiston:

Oʻzbekiston prezidenti Sh. Mirziyayevning Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi chogʻida, 105 rasmiy hujjat imzolandi. Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida 2020 yilga qadar iqtisodiy aloqa koʻlamini 23 milliard dollar miqdoriga chiqarish rejalashtirildi. Bundan tashqari Xitoy Oʻzbekistonning bir necha tarmoqlarini, xossatan energetika, neftni qayta ishlash, neftximiya va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiya (zamon talabiga muvofiq yangilash) qilib berishni taklif qildi. 23 milliardlik aloqaning ulkan qismi, albatta Xitoy investitsiyasini Oʻzbekistonga olib kiritilishida namoyon boʻladi. Bu esa, bu investitsiya, yaʼni mamlakatga olib kiriladigan xarajat va sanoat qoʻshma korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlari rializatsiyasi uchun ulkan bazorlar kerak boʻlishini anglatadi. Demak, Oʻzbekiston qoʻshni mamlakatlarini Xitoy yaratib berishi mumkin boʻlgan imkoniyatlardan hamkorlikda foydalanishga qiziqtirmoqchi.

Ostona anjumani hali biror nom ostida iqtisodiy tashkilotga aylangani yoʻq. Lekin ular ortida Xitoyning milliardlagan investitsiyasi turgani aniq boʻldi. Rossiya albatta bu ish harakatlardan rozi emas. Shunga koʻra, Xitoy Oʻzbekistonni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvalash bilan mintaqani iqtisodiy oʻz domiga tortishga urinayotgan boʻlsa-da, anjuman Qozogʻistonda Nazarbayev nazorati ostida uyushtirilib olib borilishi, bu anjuman AQShning siyosiy nazorati ostida ekaniga dalolat qiladi. Chunki Karimovning oʻlimidan keyin Mirziyayev undan farqli oʻlaroq mintaqa liderligiga qattiq intilayotgani yoʻq. Demak Qozogʻiston anjumanni yetakchiligiga qiziqsa, Oʻzbekiston investitsiyaga qulay muhit paydo qilish bilan masalaning iqtisodiy tomoniga eʼtibor qaratadi. Rossiya esa bu anjuman uchun hech qanday imtiyoz yoki manfaat taklif qila olmaydi. Shuning uchun u Qirgʻiziston singari zaif va bojxona ittifoqiga aʼzo boʻlgan davlatga bosim berishdan ish boshladi. Oxirgi vaqtdagi Qirgʻiz mehnat muhojirlariga nisbatan boʻlayotgan salbiy munosabatlar, shu ishga nisbatan Rossiyaning Qirgʻizistonni ogohlantirishi boʻlishi mumkin.

Rossiyaning Qozogʻistonga nisbatan munosabati boshqacharoq boʻlishi kutulmoqda. Qozogʻiston Rossiya uchun Xuddi Ukraina singari strotegik oʻta muhim mamlakat hisoblanadi. U Rossiyani Markaziy Osiyo bilan bogʻlab turuvchi tranzit ahamiyatiga ega davlatdir. Lekin Markaziy Osiyodagi Rossiyaning manfaatlari ozayib, uning oʻrnini Xitoy yoki AQSh egallab borayotgan sari, Rossiya Qozogʻistonga harbiy xavf tugʻdira boshlaydi. Markaziy Osiyo davlatlari Avgʻoniston orqali yangi tranzit yoʻlini paydo qilish haqida maslahatlashishyapti. Demak, AQSh shu loihani ilgari surib boryapti. Bu tranzit yoʻli ochilishi Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlarini deyarli yoʻqqa chiqaradi. Shuning uchun Qozogʻiston hozirdan oʻzining shimoliy mintaqalaridan xavotirlana boshladi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Ostona anjumani iqtisodiy jihatdan manfaatli boʻlishi mumkin. Lekin bu manfaatlar avvalo olamiy yetakchi, mustamlakachi va xalqaro taʼsirga ega davlatlar manfaatidan kelib chiqqan boʻlishi kerak. Aks holda bizning manfaatlarimiz ularning hech biri uchun zarrachaahamiyatga ega emas. Ularning birortasi manfaatsiz qoladigan boʻlsa, hatto mintaqalarda urush urugʻini sepib, minglagan odamlarni qurbon qilib boʻlsa ham, boshqasi uchun imtiyozli sharoitlarni yoʻqqa chiqarib yuborishga harakat qiladi! Shuning uchun ustimizdagi kufr xalqaro sistemasi bor ekan, imtiyozli, oʻzimiz uchun manfaatli va erkin hamkorlik yoki birlashish haqida gapirish siyosiy populizmdan oʻzga narsa emas!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.