Tramp va Putin uchrashuvdan soʻng mushtarak matbuot anjumani oʻtkazdi

699
0

Tramp va Putin uchrashuvdan soʻng mushtarak matbuot anjumani oʻtkazdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp Finlyandiya poytaxti Xelsinkida uchrashganidan soʻng mushtarak matbuot anjumani oʻtkazdi. Anjumanda ikkala rahbar ham oʻzaro muhokamaga qoʻyilgan ayrim masalalar haqida jurnalislarga maʼlumot berdi.

Anjumanda prezident Vladimir Putin sovuq urush tugaganligini va hozirgi davr terrorizmga (Islomga) qarshi urush davri ekanligiga ishora qildi.

“Sovuq urush yakun topganiga ancha vaqt oʻtdi. U davr ikki mamlakat oʻrtasida mafkuraviy qarama-qarshiliklar davri boʻldi. Bugun esa dunyoda vaziyat tubdan oʻzgardi. Rossiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari boshqa muammolarga duch kelmoqda. Terrorizm va xalqaro jinoyatchilik xavfining tarqalishi, xavfsizlik va xalqaro barqarorlik mexanizmi balansining buzilishi hamda jahon iqtisodiyotida ortib borayotgan muammolar shular jumlasidandir”, dedi prezident Putin.

Shuningdek Putin Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha Moskva hukumati “qoʻshma harakat” guruhini qayta tiklashni taklif qilganligini bildirdi. Bu bilan u ikki davlat razvedka xizmatlari oʻrtasidagi aloqalarni muntazam tarzda yoʻlga qoʻyishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham, Moskva va Vashington terrorizmga qarshi kurashda aloqalarni davom ettirishini bildirar ekan, Putin bilan uchrashuvdan keyin Rossiya-AQSh munosabatlarida oʻzgarish yuz berishini maʼlum qildi.

“Rossiya bilan bizning munosabatlarimiz hozirgidek yomon boʻlmagan edi. Lekin bu toʻrt soat davom etgan uchrashuvimizdan keyin oʻzgaradi. Bu oson boʻlmaydi albatta. Biroq bu uchrashuv imkoniyatini rad etgandan koʻra yaxshiroqdir”, dedi u.

Suriya masalasida esa, Putin Rossiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari, hech shubhasiz, yetakchi rolni amalga oshirishi haqida toʻxtalib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, bu ikki davlat insoniy inqirozni bartaraf etish hamda qochoqlarni uylariga qaytishi uchun yordam berishga hamkorlikni tashkil qilishi mumkin.

Oʻz navbatida, Tramp ham Suriyada Rossiya va AQSh harbiylari oʻrtasida muvofiqlikni maqtadi. Shuningdek u Isroil xavfsizligini taʼminlash kerakligiga urgʻu berdi.

 “Bugungi uchrashuv uzoq davom etadigan jarayonning boshlanishidir. Biz doimiy muloqotni taʼminlaydigan kelajak sari birinchi qadamni qoʻydik”, dedi Prezident Tramp.

Putin shuningdek, Rossiya va Qoʻshma Shtatlar global neft va gaz bozorini tartibga solish uchun birgalikda ish olib borishlari mumkinligini taʼkidladi.

“Biz Prezident Tramp bilan rossiyalik va amerikaliklar katta tadbirkorlarni birlashtiradigan yuqori darajali guruh tashkil qilishga kelishib oldik. Tadbirkorlar manfaatli hamkorlikni qurish yoʻlini yaxshiroq bilishadi”, dedi Prezident Putin.

Biroq Putinning soʻzlaridan Qrim masalasida Moskva bilan Vashington oʻrtasida ziddiyat mavjudligi nomoyon boʻldi. AQSh 2014 yilda Qrimning Rossiya tomonidan qoʻshib ollinishini noqonuniy bosqinchilik sifatida baholaydi.

“Prezident Trampning Qrim haqidagi pozitsiyasi aniqdir va u bunga yopishib olgan. U Qrimni Rossiya federatsiyasiga qoʻshib olishni noqonuniyligini aytib keladi. Biz esa boshqa fikrdamiz. Bu masala bizga nisbatan yopiqdir”, – dedi Putin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.