NATO sammitida keskinlik

435
0

NATO sammitida keskinlik

Belgiya poytaxti Bryusselda boʻlib oʻtgan NATO sammiti keskin sharoitda boʻlib oʻtdi. Sammitning asosiy mavzulari “mudofaa xarajatlari”, “ittifoq kelajagi”, “yangi tayinlanadigan ikkita yuqori darajali qoʻmondon”, “kiber xavfsizlik”, “NATOning Afgʻonistondaga harbiy vujudi” va “uning Iroqdagi rolini muhokama qilish” ustida boʻlib oʻtdi. Eng muhim mavzu esa, AQSh prezidenti Donald Trampning uzoq vaqtdan buyon kun tartibiga keltirgan mudofaa xarajatlari boʻlganligi shubhasizdir.

Tramp NATOga aʼzo ayrim davlatlar, shu jumladan Germaniyani kutilgan mablagʻni toʻlab qoʻymaganlikda aybladi. Uning taʼkidlashicha, bu davlatlar mudofaa xarajatlari borasida bergan vaʼdalarini ustidan chiqmagan va yillar davomida toʻlovlarni amalga oshirmay kelgan.

Ikki kun davom etgan va 29 nafar davlatning rahbari ishtirok etgan bu sammit qattiq munozaralar ostida oʻtgani aytilmoqda. Prezident Tramp Tvitter ijtimoiy tarmogʻi orqali bergan bayonotida NATOga aʼzo davlatlarni nishonga oldi.

“Biz ularni himoya qilishimiz kutilgan baʼzi NATO davlatlari zimmalaridagi 2 foiz majburiyatlarini bajarmaslik bilan kifoyalanmayaptilar. Ayni paytda yillar davomida toʻlanmagan mablagʻlarga ham beparvo qarashyapti”, “Ular hech qanday toʻlovlarsiz, biz ularni himoya qilishimizni istashmoqda. Bunaqasi ketmaydi!”, deya murojaat qildi Tramp oʻzining Tvitter sahifasi orqali.

Eslatib oʻtish joizki, NATOga aʼzo boʻlgan Turkiya davlati 2018 yilda mudofaa xarajatlari uchun 15 milliard 219 million dollar ajratadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.