Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari Issiqkoʻlda uchrashadi

880
0

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari Issiqkoʻlda uchrashadi

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 20-22 iyul kunlari Issiqkoʻlda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

 TIV matbuot xizmati xabar berishicha, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston TIV rahbarlari 2018 yilning 15 mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.