Tramp: AQSh NATOga sodiqligicha qoladi

Tramp: AQSh NATOga sodiqligicha qoladi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp AQShning NATOga sodiqligini taʼkidladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

 Shuningdek, u tashkilotga aʼzo davlatlarning 29tasi mudofaa xarajatlaridagi byudjetini oshirishga rozi boʻlganini va AQSh tashkilot mudofaa xarajatlarining 90 foizini qoplashini maʼlum qildi.

 Avvalaroq, AQSh prezidenti Donalьd Tramp agarda aʼzo davlatlar mudofaa xarajatlari borasidagi oʻz majburiyatlarini hurmat qilmasalar tashkilotdan chiqish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.

 “DPA” nemis axborot agentligining xabaricha, agarda aʼzo davlatlar mudofaa xarajatlarini koʻtarmaydigan boʻlishsa AQSh tashkilotdan chiqadi.

 Tashkilot manbalarining bildirishicha, aʼzo davlatlar rahbarlari Trampning bu injiqliklariga oʻz noroziliklarini bildirishgan. Ushbu qarama-qarshilik tashkilotning Ukraina va Gruziya bilan boʻlib oʻtishi rejalashtirlgan navbatdan tashqari uchrashuvining vaqtinchalik bekor qilinishiga sabab boʻldi.

 Tramp oʻz mamlakati hali tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u tashkilotga aʼzo davlatlarning 29tasi mudofaa xarajatlaridagi byudjetini oshirishga rozi boʻlganini va AQSh tashkilot mudofaa xarajatlarining 90 foizini qoplashini maʼlum qildi.

 Avvalroq, Tramp NATOga aʼzo davlatlarni tashkilotning mudofaa xarajatlarini qoplashdagi oʻz majburiyatlarini bajarishga chaqirgan edi. Aʼzo davlatlar oʻz YaIMning 2 foizini NATOning mudofaa xarajatlariga ajratishi lozim.

 Aʼzo davlatlar rahbarlari chorshanba kuni 2024 yilgacha mudofaa xarajatlarini 2 foizga koʻtarishga roziliklarini bildirishgan edi. Shuningdek, ular Donalьd Trampning harajatlarni 4 foizga oshirish haqidagi talabini eʼtiborsiz qoldirishgan.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.