Qirgʻizistonda diniy erkinlik haqidagi qonunga oʻzgarishlar kiritilmoqda

Qirgʻizistonda diniy erkinlik haqidagi qonunga oʻzgarishlar kiritilmoqda

Qirgʻiz respublikasining diniy ishlar komissiyasining taklifiga binoan, 2008 yildagi diniy erkinlik haqidagi qonunga oʻzgarishlar kiritilmoqda

Qirgʻizistonda ommaviy bahs munozaraga olib chiqilgan qonunga oʻzgartirish kiritish haqidagi taklif quyidagi bandlarni oʻz ichiga oladi.

  1. Diniy prozelitizmga chek qoʻyish: (Prozelitizm grekcha. προσήλυτος — boshqalarni oʻz eʼtiqodiga jalb qilishga urinish va shu maqsadga erishish uchun moʻljallangan tadbirlar). Yaʼni umuman har qanday dinga chaqirish (daʼvat qilish)ga chek qoʻyish!

Bu qonun bilan ular goʻyoki bizga “sizlarni va farzandlaringni missioner sektalar, va diniy oqimlardan saqlayapmiz”, demoqchi boʻlishadi. Bilingki hozir jamiyatimiz islomiylashib boryapti, shuningdek Islom 1400 yildan buyon birorta gʻoyridindan saqlanish maqsadida uning ogʻzini majburan berkitishga uringan emas. Chunki Islom ilohiy din, u nafaqat oʻzini oʻzi himoya qila oldi balki boshqa din vakillarini oʻz safiga olib kirib, bugungi buyuklik holiga chiqa oldi! Shuning uchun bu qonun faqat Islom va musulmonlardan boshqalarni himoya qilish asosida, kufrni rozi qilish maqsadida ishlab chiqilgan! Bu qonun diniy komissiyaning taklifi va prezidentning roziligi bilan, Alloh farz qilgan daʼvatga chek qoʻymoqchi! Alloh din dushmanlarining yuzlarini qaro qilsin, avvalgilari bunchalik razillikka jurʼat qila olishmagan edi!

  1. 16 yoshga toʻlmagan bolalar masjid, cherkov va sinagogalarga faqat ota-onalari bilan birga borishlari shart:

Hukumat bu qonun bilan farzandlarimizni cherkov, senogogiyadan himoya qilmoqchi ekaniga urgʻu bermoqda. Lekin ular bizni yana aldamoqchi boʻlishyapti! Qirgʻizistonda qancha cherkov, sinagoga bor?! Kim farzandining cherkov yoki sinagogaga qochib kirib olayotganidan shikoyat qilishi mumkin?! Millionlagan farzandlarimiz Masjid va madrasalarga borishmoqda! Demak bu qonunga oʻzgarish kiritilishi ham faqat Islom va musulmonlarga qarshi yoʻnaltirilganligi koʻrinib turibdi! Aslida bu qonunga oʻzgartirish kiritilishidan asosiy koʻzlangan maqsad, yuqoridagi ikki bandni hayotda amalga oshirish edi. Davatga chek qoʻyish va farzandlarimizni Islomdan toʻsish!

“Dinda majburlash yoʻq” bu Allohning buyrugʻi boʻlib, birorta gʻoyridinga – oz boʻlsa ham – Islomga majburlash uchun bosim oʻtkazish joiz emas. Demak boshqa din vakillarini ham, ularning farzandlarini ham oʻz dinlariga mos ibodatlaridan toʻsib boʻlmaydi! Hukumat musulmonlarga chiroyli koʻrinaman deb, hatto gʻoyridinlarga zulm qilishi ham bizga maʼqul emas! Chunki Islom dini bashariyat (umum insoniyat) dini boʻlib, u hatto gʻoyridinlar uchun ham shu dunyoda farovonlik olib keladi!

  1. Balogʻat yoshiga yetmagan bolalarga diniy taʼlim berishga chek qoʻyish: Yaʼni farzandlarimizni diniy ilm olishlarini cheklab qoʻyish. Ularga ilm oʻrgatishi mumkin boʻlgan ilm sohiblarining ilm oʻrgatish imkoniyatlarini cheklash!

Bu qonun ham “diniy oqimlar propogandasini oldini olish maqsadida ishlab chiqildi” degan yolgʻon koʻylak kiygizilgan kufr loihalaridan biridir. Bu oʻzgartirishdan ham, yosh farzandlarimizni bizdan tortib olib, ularni kufrga targʻib qilib kelayotgan Gʻarb dunyoqarashidagi tashkilotlar taʼsiri ostiga tashlab berish maqsadi koʻzlangan!

Qonunning qolgan bandlari, yuqoridagi asoslardan chalgʻitish maqsadida kiritilgan ikkinchi darajali takliflardan iborat.

Qirgʻiziston musulmonlariga murojaat! Birodarlar bu qonun balki ishlamas, lekin u juda yomon maqsadlar bilan ishlab chiqildi. Oʻzbekiston va Tojikiston rejimlari tomonidan yosh bolalarni masjiddan quvib chiqayotgan harakatlarini koʻrib, qanchalar nafrat bilan musulmonlarga achingan edik. Vaholangki u rejimlar hozirda bizga tatbiq qilinmoqchi boʻlinayotgan qonunni qabul qilishgan emas edi.

Bu qonunning qabul qilinishi qanday oqibatlarga olib borishi mumkin?!

Qirgʻiz hukumati diktator maqomiga erishmagunicha bu qonunni ommaviy tarzda ishga solishi qiyin kechadi. Demak bu qonun oʻzgarishi hozirda fuqorolarga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi. Lekin rejim kuchayib borishi bilan, bu qonun jamiyatda oʻz taʼsirini koʻrsata boshlaydi. Yoki aksincha hukumat zaiflashib siyosiy va iqtisodiy boʻhron holatiga kirib borishida ham, atayin musulmonlarni oʻziga qarshi provokatsiya qilish maqsadida bu qonunni ishga solishi mumkin. Yaʼni kufr tarafdorlari boʻlgan pozitsiya va appozitsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvni Islom va musulmonlar tomon burib yuborish yoki alohida xavfli rejim paydo qilib olish maqsadida ushbu qonundan foydalanishlari mumkin. (Madumarov hayit bayramini toʻsib, Novqot voqeʼasidan foydalangani kabi).

Bundan tashqari mazkur qonun organ xodimlari uchun tirikchilik manbasiga aylanib qolish xavfi oʻta kuchli. Bu qonun ularga har bir qoʻlga olingan bola uchun ota onalaridan muayyan miqdorda moddiy manfaat undirib olishlari uchun juda qulay imkoniyat yaratadi. Bunga biz Aida Salyanovaning “nikohni 18 yoshga cheklagan” qonun loihasi hayotda inro qilinganida guvoh boʻldik. Yaʼni organ xodimlari tugʻuruqxonalar oldida oʻtirib olishib, yoshi yetmay koʻzi yorigan ayollarni ovlashga kirishib ketganini koʻrmadikmi?!. Ularning ota onalariga bosim oʻtkazib, pora olishayotganiga shu kunlarda ham guvoh boʻlib turibmizku. Yaʼni nikoh haqidagi qonun jamiyatga ham, mamlakatga ham hech qanday manfaat keltirmadiku.  Aksincha organ xodimlari bilan musulmonlar oʻrtasidagi keskinlik va nafratni yanada kuchayib ketishiga sabab boʻlib bormoqda. Yuqoridagi qonun ham, hukumat, organ va boshqa kuch strukturalari bilan musulmonlar oʻrtasidagi keskin holatni battar taranglashishiga olib boruvchi riaktsion oqibatlarga sabab boʻladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.