Pompeo: AQSh Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarni olib chiqib ketish niyatida emas

896
0

Pompeo: AQSh Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarni olib chiqib ketish niyatida emas

 AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va Qoʻshma Shtatlar Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketish niyatida emas, dedi AQSh davlat Kotibi Mayk Pompeo Kobuldagi chiqishi chogʻida.

 “Bizning strategiyamiz Tolibonga aniq ishora joʻnatib boʻldi: bizning chiqib ketishimizni kutish yaramaydi. Biz allaqachon jang maydonlarida ham natijalarni qoʻlga kiritmoqdamiz va u yerda Tolibonning harakatlari sustlashib, tinchlik tomon yuz burmoqda”,- dedi Pompeo.

 Afgʻonistonda hukumat qoʻshinlari va mamlakatning qishloq hududlarining katta qismini egallab olgan va yirik shaharlar tomon harakat qilayotgan Tolibon radikal harakati jangarilari oʻrtasida ziddiyat davom etib kelmoqda.

Turkiston:

AQSh Avgʻonistonda magʻlubiyatga uchraganidan keyin, Afgʻon fuqorolarini bir necha boʻlaklarga boʻlib yubordi. Ularni Tolibon, Dustum, rasmiy hukumat singari har xil jamoalar boshqaruviga topshirib qoʻydi. AQSh ularning har birini alohida yashirin tarmoqlar vositasida qurol yaroq bilan dastaklab keladi. Endi ularni shu holatda ushlab turishdan asosiy maqsadi nima ekanini oshkor qila boshlayapti. Maqsadi esa, har safargidek, Musulmonlarni birini ikkinchisiga qarshi qoʻyib, mintaqada oʻzi uchun manfaatli urushlar paydo qilishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.