Mattis: Britaniya NATO uchun koʻproq mablagʻ ajratishi kerak

804
0

Mattis: Britaniya NATO uchun koʻproq mablagʻ ajratishi kerak

AQSh mudofaa vaziri Jim Mattis Britaniya mudofaa vaziri Gavin Villiamsonga yoʻllagan maktubda, agar Britaniya olamiy “aktyorlik”ni davom ettirmoqchi boʻlsa, mudofaa uchun NATOga ajratadigan mablagʻni oshirish zarurligi haqida ogohlantirdi. Bu haqida Britaniyada chiqadigan “The Guardian” gazetasi xabar tarqatdi.

Gazetaning xabariga koʻra, Mattis Ingliz hamkasbiga yoʻllagan maktubida yalpi ichki mahsulotning ikki foizini davlat mudofaasi yoʻlida NATO uchun ajratish Britaniya uchun yetarli emasligini bildirgan. Shuningdek Mattis Britaniyaning “olamiy rol oʻynash” istagi bilan uning mudofaaga uchun ajratadigan mablagʻi oʻrtasida mutanosiblik yoʻqligini taʼkidlagan.

“Britaniya kabi dunyo miqyosidagi manfaatlarga va majburiyatlarga ega boʻlgan olamiy davlat, bizning faqatgina mahalliy manfaatlarga ega boʻlgan ittifoqdoshlarimizdan kutadigan mudofaa xarajatlari darajasidan yuqoriga koʻtarilishi lozimdir”, dedi Mattis.

“Britaniyaning AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishi har ikki davlatning manfaati uchundir”, deya qoʻshimcha qildi u.

Mattisning maktubidan soʻng bu haqida jurnalistlarga bayonot bergan Britaniya mudofaa vazirligining soʻzchisi, Britaniya mudofaa xarajatlari borasida Yevropada birinchi oʻrinda turishini tilga olib, “mudofaa uchun NATOga ajratiladigan mablagʻni yanada koʻpaytirishga qaror qildik. Mudofaa vazirimiz kundan kunga kuchayab borayotgan tahdidlarga qarshi qurolli kuchlarni kuchaytirishga oid modernizatsiya dasturini boshladi”, dedi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.