AQSh davlat kotibi norasmiy tashrif bilan Afgʻonistonga keldi

1100
0

AQSh davlat kotibi norasmiy tashrif bilan Afgʻonistonga keldi

Bu Pompeoning AQSh davlat kotibi sifatida Kobulga ilk tashrifi boʻldi. U Afgʻoniston poytaxtiga 9 iyulda norasmiy tashrif bilan kelgan va u yerdan Abu-Dabiga yoʻl olishi kutilmoqda.

Pompeo Gʻani bilan muzokaralarda Vashingtonning “Tolibon” harakati bilan tinch muzokaralar oʻtkazishga chorlovini yana takrorlagan. U AQSh Kobul rahbariyati ostida ixtilofni tinch yoʻl bilan hal qilish tarafdorligini tasdiqladi. Bunda toliblar terrorchilikdan voz kechishi, “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzishi va mamlakat konstitutsiyasining qoidalarini qabul qilishi kerak.

Pompeo Gʻani bilan matbuot anjumanda “Tolibon”dagi koʻpchilik joylarda harbiy tomondan gʻalaba qozona olmasliklarini” anglayotganlarini taʼkidlab oʻtgan. “Biz tinchlik muzokaralari olib borolmaymiz, ixtilofni tashqaridan hal qila olmaymiz, buni mamlakat ichidagi afgʻonlarning oʻzlari amalga oshirishlari kerak”, deb qoʻshimcha qilgan Pompeo.

Afgʻoniston prezidenti 30 iyun kuni 7 iyundan amal qilib kelayotgan “Tolibon” bilan bir tomonlama yarashuv yakuniga yetganini maʼlum qilgan. Yarashuv vaqtida “afgʻon xalqi ixtilofni hal qilishga tayyorligini koʻrsatgan”. Gʻanining aytishicha, yarashuvga erishish boʻyicha saʼy-harakatlar davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.