NATOdagilar Tramp va Putin uchrashuvidan xavotirda

494
0

NATOdagilar Tramp va Putin uchrashuvidan xavotirda

11-12 iyul kunlari Bryusselda boʻlib oʻtadigan NATO sammiti tashkilotchilari Xelьsinkidagi Rossiya-Amerika muzokaralari Yevropa xavfsizligiga salbiy taʼsir qilishi mumkinligidan xavotirdalar. The Sunday Telegraph shu haqida xabar berdi.
Manbaga koʻra, Shimoliy Atlantika alьyansi sammitiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan yuqori lavozimli amaldorlar AQSh prezidenti Donalьd Tramp Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan “Evropadagi xavfsizlik landshaftini qayta shakllantirish”ga doir muzokaralarni boshlashidan tashvishdalar, bunga NATO mamlakatlarining “Trampning alьyans normalariga muvofiq mudofaa sohasi xarajatlari oshishi toʻgʻrisidagi talablarini qondirishdan voz kechishlari” sabab boʻlishi mumkin.
Taʼkidlashicha, agar Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari mudofaa xarajatlarini oshirish majburiyatini olmasa, Donalьd Tramp AQSh harbiylarini Ukrainadan olib chiqish va NATOning qoʻshma oʻquv mashgʻulotlarida Amerikaning ishtirokidan voz kechish bilan tahdid qilishi mumkin.

Turkiston: 

AQSh maʼmuriyati Rossiyaning agressiv siyosatidan YeIga qarshi foydalanmoqchi. Dastlab AQSh BMTning inson huquqlari tashkiloti aʼzoligidan chiqib ketdi. Soʻng NATOdan ham chiqib ketishi mumkin ekanligini eʼlon qilib, YeIga bosim oʻtkazmoqchi boʻldi. Shu kunlarda Rossiya prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazish AQShning taklifi bilan amalga oshirilayotgani yuqoridagi bosimlarga qoʻshimcha boʻldi.

Oq uy maʼmuriyati YeIning oʻziga boʻlgan itoatini kuchaytirib, uni Rossiyadan saqlab turishi mumkin boʻlgan yagona quvvat AQSh ekaniga iqror qildirmoqchi boʻlyapti. Chunki NATO aslida AQShning harbiy blogi ekani barchaga maʼlum. Rossiyaning Ukrainani bosib olishidan faqat NATO toʻsib turadi degan, yetakchi fikr mavjud. Shuning uchun AQSh YeIni NATOning moddiy xarajatlarini koʻtarishda koʻproq hissa qoʻshishga majburlamoqchi boʻlayapti.

Lekin oxirgi vaqtda Moskva hukumati Osiyo mamlakatlari tomon yuzlana boshlagani AQShni tashvishlantira boshladi. Rossiya Xitoy va Yaponiya kabi sanoatlashgan mamlakatlarga iqtisodiy investitsiya eshiklarini ochib berishga vaʼda berdi. Yaʼni Rossiya iqtisodiy mustamlaka boʻlish mumkin boʻlgan eshigini ochdi. Shundan keyin AQSh Rossiyani “katta yettilik” tashkilotiga qaytarishimiz kerak degan tashabbusini koʻtardi. Endi u bilan rasmiy uchrashuv belgilab, xuddi Suriya masalasida avval sherik qilgani kabi, yana uni aldashga urinib koʻrmoqchi. AQSh, “dushmaningni oʻz yaqiningda saqla” degan naqlga asoslanib ish olib boryapti. Yuqoridagi bayonot esa YeIning yangi pozitsiyasidir. Ular AQSh Rossiya muzokaralarining natijasiga va undan keyingi AQShning strotegiyasiga koʻra oʻzgarishi ham mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.