Xitoy AQShga qarshi savdo urushida amaliy choralar koʻrishni boshladi

Xitoy AQShga qarshi savdo urushida amaliy choralar koʻrishni boshladi

Xitoy bojxonasi mamlakatning ayrim yirik portlarida AQShdan import qilingan tovarlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini paysalga sola boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo tortishuvlari keng qamrovli savdo urushiga aylanib ketish ehtimoli ortidan shunday holat kuzatilmoqda. Bu haqida “Reuters” agentligi oʻz manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Jumladan, Shanxay porti bojxonasi AQShdan keltirilgan ayrim mollarni roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatgan.
AQSh 6 iyulga oʻtar kechasi Xitoy mahsulotlariga 34 mlrd dollarlik import bojlariga boj amalga kiritilganidan soʻng, shunday xabarlar paydo boʻla boshlagan. Taʼkidlanishicha, bojxona rasmiylashtiruvini toʻxtatish boʻyicha bevosita koʻrsatma boʻlmagan, ammo portlardagi bojxonalar yangi bojlar kuchga kirgani munosabati bilan koʻrsatmalarni kutmoqda.
Bojlar bilan vujudga kelgan noaniqliklar treyderlar oʻrtasida asabiylikka sabab boʻlmoqda. Bu esa, fьyucherslar savdosida beqarorlikni keltirib chiqaryapti.
Xitoy 6 iyul kuni AQShda ishlab chiqilgan 800 turdagi mahsulotga 34 mlrd dollarlik yangi bojni javob chorasida sifatida joriy qilgan edi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.