Rossiya va Xitoy qoʻshma fazoviy stantsiya barpo etishi mumkin

Rossiya va Xitoy qoʻshma fazoviy stantsiya barpo etishi mumkin

 Xitoy kosmik maʼmuriyati vakillari “Roskosmos” tashkiloti bilan qoʻshma fazoviy stantsiya barpo etish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi raketa-kosmik sanoatidagi manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.

 Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy tomonini Rossiyaning uzoq muddatli fazoviy parvozlar hamda yirik kosmik inshootlar qurish tajribasi qiziqtirmoqda.

 XXR yaqin yillarda koʻpmodulli yirik fazo stantsiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Xitoyda qator ahamiyatli texnologiyalar mavjud emas.

 Bundan avvalroq, Roskosmos va Xitoy milliy kosmik maʼmuriyati Oyni oʻrganish loyihalari va qoʻshma orbital guruhlar tashkil etishda hamkorlikni sezilarli kengaytirish borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.

 Xitoy 2011 yilda “Tyangun-1” nomli orbital stantsiyasini fazoga uchirish bilan SSSR va AQShdan keyingi dunyoning uchinchi davlati boʻlgan edi.

Turkiston: 

Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik amalda boshlanyapti. Yaʼni Rossiyaning imkoniyat va resurslari Xitoyning moliyaviy imkoniyatlari bilan birlashish jarayoni boshlanmoqda. Bu holat Amerikani albatta tashvishga soladi. Chunki SSSRni qulatib, Rossiyani bugungi kundagi tashqi davlatlarga muhtoj boʻlgan va deyarli falaj holatiga olib kelganlar, AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlaridir. Endi uning mevasini Xitoy terib olishga kirishdi. Bu xalqaro siyosiy holatga taʼsir koʻrsatadigan aloqalar boʻlib, AQSh bu ketuvga qarshi biror chora topishga harakat qiladi. U oʻz harakatlarini olamiy fitnalar va urushlar chiqarish, mustamlaka mintaqalariga tasir oʻtkazish va qalbaki islomiy xavf xatarlar paydo qilish kabi iflos uslublar bilan olib borishga urinadi. Yaʼni aslida sekin astalik bilan borayatgan  bu ishlar avj olib ildamlab ketishi kutiladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.