Eron AQSh sanktsiyalariga qarshi yangicha kurash choralarini maʼlum qildi

834
0

Eron AQSh sanktsiyalariga qarshi yangicha kurash choralarini maʼlum qildi

 Mamlakat birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriyning soʻzlariga koʻra, Eron hukumati AQSh sanktsiyalariga qarshi turish maqsadida xususiy sektorga neftni eksport qilishga ruxsat beradi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 Mulozimning soʻzlariga koʻra, AQSh istayotganidek, xorijiy davlatlar tomonidan Eron nefti xaridini nolga tushirishning amalda iloji yoʻq. “Tasnim” agentligi Eron neft vazirligida ishlovchi mansabdorlardan birining ham shunga oʻxshash nuqtai nazarini keltirgan.

 “Biz doʻst mamlakatlar bilan masalani muhokama qilib, neftni sotish uchun yoʻl ochdik. Qayta ishlanmagan neftь ichki birjaga chiqariladi va xususiy sektor ham uni eksport qilish bilan shugʻullana oladi”,- deya uning soʻzlarini keltirmoqda “Mehr” agentligi.

 Uning qayd etishicha, hukumatda maʼlum bir dastur boʻlib, u Eronga kerakli hajmda neftь sotish imkonini beradi va AQSh rejalarini barbod qiladi.

 Oʻtgan haftada AQSh davlat departamentining oliymaqom mansabdorlaridan biri jurnalistlarga Vashington noyabrь oyi boshlarigacha barcha ittifoqdoshlarini Eron neftini rad etishga koʻndirish ustida ish olib borilayotganini eʼlon qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday muzokaralar Xitoy singari boshqa mamlakatlar bilan ham olib borilmoqda. Ilgariroq, AQSh Eron bilan tuzilgan yadroviy bitimni tark etib, sanktsiyalar qayta tiklanganini eʼlon qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.