NATO havodagi ustunlikdan mahrum boʻlayotganligini tan oldi

805
0

NATO havodagi ustunlikdan mahrum boʻlayotganligini tan oldi

NATO Ittifoq yaqin kelajakda havodagi ustunligidan mahrum boʻlish xavfi mavjud. Bu haqida NATO tarafidan berilgan bayonotda maʼlum qilindi.

“Oʻn yillar mobaynida davom etib kelgan qatʼiy havo ustunligimiz nihoyasiga yetishi mumkinligini tan olamiz”, deyiladi bayonotda.

Shunga koʻra, NATO havo kuchlarini rivojlantirishga doir uning yangi strategiyasi eʼlon qilindi. Yangi strategiyada ittifoqchilarning havo kuchlari harakat olib borayotgan hozirgi va kelajakdagi sharoitlar tasvirlangan.

NATO ekspertlarining fikricha, kelajakdagi muammolar va tahdidlar transmilliy boʻlib, Yevro-Atlantika mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik uchun uzoq muddatli oqibatlarga sabab boʻladi. Hujjatda NATO har qanday dushmanga qarshi operatsiya amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Yangi strotegiyada belgilanishicha, NATOga aʼzo davlatlar dunyoning har tarafida urush olib borish imkoniga ega boʻlishi lozimdir. Asosiy tahdidlar orasida zamonaviy havo mudofaa tizimlari va kosmik transport vositalari ham koʻrsatib oʻtildi. Maxsus kuchlar dengiz va kiber sohasida mohir boʻlish bilan bir qatorda, havo kuchlari bilan ham yaqindan hamkorlik qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Ushbu strategiyaga binoan, NATO oʻlkalariga qarashli havo kuchlari dunyoning istalgan nuqtasida, shu jumadan juda yaxshi himoyalangan havo maydonida va har qanday sharoitda jang qilish imkoniyatiga ega boʻlishi lozimdir.

Avvalroq, NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg 11-12 iyul kunlari Bryusseldagi boʻlib oʻtadigan sammitda ittifoqqa aʼzo davlatlarni zaruriy yechimlarni qabul qilish uchun birlashtirish umidi borligini aytib oʻtgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.