Ulugʻxoʻjayev: Afgʻonistondan toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli hujum xavfi yoʻq

835
0

Ulugʻxoʻjayev: Afgʻonistondan toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli hujum xavfi yoʻq

 Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari matbuot kotibi mayor Muhammad Ulugʻxoʻjayevning maʼlum qilishicha, Tojikiston Kobul nazoratida boʻlmagan qurolli guruhlarning oʻz chegaralari yaqinida faollashishini jiddiy kuzatmoqda va chegara hududlarini mustahkamlash uchun bir qator ogohlantiruvchi choralar koʻryapti. Bu haqda respublika “Aziya-Plyus” xabar qildi.

 Shu bilan birga, uning taʼkidlashicha, Tojikistonga bevosita qurolli hujum xavfi yoʻqdir.

 “Biz Afgʻoniston bilan chegaralarimizdagi vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Bu, ayniqsa, “Tolibon”, “IShID” kabi ekstremistik va terrorchilik tashkilotlariga kiruvchi qurollangan shaxslar toʻplanayotgan qayd etilgan yoʻnalishlarda amalga oshirilmoqda”, – dedi Ulugʻxoʻjayev.

 Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda markazdan Afgʻoniston bilan chegaraga qoʻshimcha kuchlar, qurol-aslaha va texnikani koʻchirish hojati yoʻq.

 “Chegara hududida joylashgan kuchlar va vositalar Tojikiston davlat chegarasini noqonuniy ravishda buzib oʻtishga boʻlgan urinishlarni toʻxtatish uchun yetarli”, – dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.